Samarqandda katta sammit, tojik-qirğiz çegarasida jiddiy nizo, kinofestivalda işkal - hafta dayjesti
|13:20 / 18.09.202241 42519 min
ŞHTning şov-şuvli sammiti: qisqasini aytganda, nimalar böldi? Sammit paytida alanga olgan tojik-qirğiz çegarasi: bunga Xitoy koridori sababmi? Quriliş sohasida katta yangilik: navbatdagi lobbi? Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.
ŞHT sammiti: Yuzma-yuz uçraşuvlar, blokdan xoli maqom va transport yölaklari
Payşanba-juma kunlari Şanhay hamkorlik taşkilotining uzoq va katta tayyorgarlik körilgan Samarqand sammiti bölib ötdi. Sammitda Markaziy Osiyoning beşta mamlakatidan taşqari, Möğuliston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Turkiya, Ozarboyjon, Rossiya va Belarus rahbarlari iştirok etdi. Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Ozarboyjon bilan qurolli nizo sababli bir kun qolganda Samarqandga taşrifini bekor qildi.
Sammit doirasida 44 ta hujjat imzolandi. Ular orasidan amaliy ahamiyatga ega eng muhimlaridan biri – Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli qurilişini boşlaş haqida imzolangan uç tomonlama bitim. Bu loyiha salkam 20 yildan beri muhokama qilib kelinayotgan edi.
Kelişuvga köra, temiryölning Qirğiziston hududidan ötgan qismi Töruğart – Arpa – Maqmal – Jalolobod yönalişida böladi va poyezdlar Jaloloboddan Andijonga kirib keladi. Uçta davlat loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini 2023 yil 1 iyuligaça işlab çiqişga kelişib oldi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif bilan uçraşuvda Transafğon temiryöli qurilişini tezlaştiriş kerakligini ham ta’kidladi. Eslatib ötamiz, Özbekiston bu marşrutning birinçi qismi – Termizdan Afğonistonning Mozori-Şarif şahrigaça bölgan qismiga temiryöl yotqiziş işlarini 2010 yildayoq yakunlab bölgan. Endi Mozori-Şarifdan Kobulga, Kobuldan esa Pokistonning Peşovar şahrigaça temiryöl qurilişi kerak. Bir neça oy oldin Özbekiston tomoni qurilişni 2027 yilgaça yakunlaş rejasini taqdim etgandi.
Sammit kunlari Özbekiston rasmiylari Xitoy, Rossiya va Eron bilan alohida uçraşuvlar ötkazib, önlab hujjatlarni imzoladi. Xitoy raisi Si Jinpingning safari davlat taşrifi maqomida böldi va ikki davlat örtasida 15 mlrd dollarlik kelişuvlarga erişildi. Şavkat Mirziyoyev Si Jinpingni “Oliy darajadagi döstlik” ordeni bilan mukofotladi. Rossiya delegatsiyasi bilan imzolangan bitimlar qiymati esa 4,6 mlrd dollarga teng böldi. Vladimir Putin Şavkat Mirziyoyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topşirdi. Eron prezidentining Özbekistonga 20 yil içidagi ilk taşrifida esa Toşkent va Tehron örtasida 18 ta hujjatga imzo çekildi, ular orasida turistlar va biznes vakillari uçun viza talablarini soddalaştiriş, Hind okeanidagi Çobahor portidan Özbekistonga yuk taşişga oid kelişuvlar alohida ahamiyatli.
Tojik-qirğiz çegarasi: Sammit paytidagi şubhali harbiy faollaşuv
Mavzuga oid
Samarqand sammiti Ukrainadagi uruşda sezilarli buriliş bölayotgan, Ozarboyjon–Armaniston nizosi yana avj olgan, buyoqda Tayvan masalasi sabab Xitoyning Ğarb bilan munosabatlari keskinlaşgan bir vaqtga töğri kelgani mezbon Özbekistonga katta mas’uliyat yukladi. Boz ustiga, ayni şu sammitda ŞHT safiga sanksiyalar ostidagi Eron va Belarusning ham qöşilişi rasman aniq böldi. Şunday şaroitda Özbekiston öz manfaatlaridan kelib çiqib, bu sammitning Ğarbga qarşi qaratilmaganiga köp bora urğu berdi. Şavkat Mirziyoyev hafta boşidagi maqolasida ham, sammitdagi nutqida ham ŞHTning blokka aylanmasligi kerakligini ta’kidladi. Sammitning yakuniy hujjati – Samarqand deklaratsiyasida ham bu taşkilot heç qaysi uçinçi tomonga qarşi qaratilmagani haqida alohida yozib qöyildi.
Mazkur çaqiriqlar beiz ketmadi deyiş mumkin. Sammitning Ğarb bilan ziddiyatli munosabatdagi iştirokçilari tomonidan Ğarbga qarşi qaratilgan oçiq bayonotlar deyarli közga taşlanmadi. Şunday bölsa-da, siyosiy anjuman ŞHT imijini savol ostiga qöyadigan holatlarsiz keçmadi. Juma kuni taşkilot a’zolari bir davrada ötirib, global xavfsizlik va hamkorlikni urğulayotgan bir vaqtda, taşkilotga a’zo ikki davlat çegarasida qurolli töqnaşuv röy berdi.
Foto: 24.kg
Qirğizistonning Botken viloyatida Tojikiston çegaraçilari bilan otişmalar sammitdan oldingi kunlarda ham röy berib turgan edi, lekin bevosita anjumanning asosiy yiğilişi davomida avvalgilaridan köra jiddiyroq harbiy harakatlar amalga oşirildi. Qirğiziston tomoni Tojikistonni çegaradagi bir neçta qişloqlarni egallab olişga urinişda, Tojikiston esa Qirğiziston çegaraçilarini provokatsiya uyuştirişda aybladi. Qirğiziston çegaraçilariga köra, bu safar qöşni mamlakat harbiylari oğir artilleriya, xususan birvarakayiga öt oçiş tizimlaridan ham foydalangan. Natijada Qirğiziston tomonidan 24 kişi halok bölib, 87 kişi jabrlangani ma’lum qilindi. Rasmiy Bişkek, şuningdek, 136 mingdan ortiq fuqarosini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilgan.
Tomonlar kun davomida bir neça marta öt oçişni töxtatişga kelişib olgan, sammitning katta yiğilişidan keyin Sadir Japarov va Imomali Rahmon ham ana şunday kelişuvga erişgan bölsa-da, bu kelişuvlardan keyin ham çegaradagi vaziyat butkul barqarorlaşgani yöq. Umuman, Japarov va Rahmonning bunday uçraşuv ötkazişiga töğri kelganining özi juda ğalati. Söz erkinligi nisbatan kengroq Qirğizistonda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Duşanbening Moskva bilan harbiy aloqalari Bişkeknikidan köra qalinroqligi, Tojikistonda rus harbiy bazasi borligini yozmoqda.
Yana ayrimlarning taxminiça, biz yuqorida aytib ötgan Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli qurilişi böyiça imzolangan bitim ayrim geosiyosiy kuçlarga yoqmayapti.
Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli qurilişida Rossiya faktori borligini köplab ekspertlar aytib keladi. Ularning fikriça, Qirğiziston savdo va transport masalalarida şimoliy yönalişga qaramlikdan qutulib, özi uçun yangi koridor oçişiga Rossiya qarşilik qilib kelgan. Hozirda Xitoy tovarlari Qirğiziston va Özbekistonga Rossiya orqali kirib kelayotganini inobatga olsak, tabiiyki, bu tranzit daromadini yöqotişdan Moskva manfaatdor emas. Va yana aytiş kerakki, bu temiryöl qurilişining Özbekistondan ham köra Qirğiziston uçun ahamiyati kattaroq. Özbekiston mintaqa markazida joylaşgan va birmunça köproq transport koridorlariga ega. Şu sababli ham, Xitoy bilan töğridan töğri savdo aloqasiga ega bölişni aynan qirğizlar köproq xohlayapti deyiş mumkin.
Bu temiryölning yana bir muhim jihati şundaki, u işga tuşsa, Xitoy va Yevropa örtasida Rossiyani aylanib ötadigan yangi tranzit yönalişi paydo böladi. Bu esa Xitoy va Yevropa örtasidagi savdo aloqalarida tranzitdan keladigan daromadning katta qismi Rossiyaddan Markaziy Osiyo davlatlariga köçişini anglatadi.
Temiryöl qurilişida Rossiya faktori borligini Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ham tasdiqlagan. U şu yil may oyida Kremlda bölib ötgan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti sammitida Putin bilan şu masalada gaplaşgandi.
“Bu yöl bizga suv va havodek kerakligini hozirgaça heç kim Rossiya tomoniga tuşuntirib berolmagan. KXŞT sammitida men Vladimir Vladimiroviç bilan şu mavzuda 1,5 soat gaplaşdim. Oxirida u tuşundi va: “Qarşiligimiz yöq, sizlarga kerak bölsa, quraveringlar”, degan pozitsiyasini aytdi”, – degandi Sadir Japarov Moskvadan qaytib kelganidan keyin bergan intervyusida. Öşanda uning bu gaplari qirğiz jamoatçiligida: “Biz suveren davlat bölsak, nega Putindan sörab iş qilişimiz kerak?” degan savolni uyğotgandi.
Albatta, Samarqanddagi sammit payti tojik-qirğiz çegarasida röy bergan harbiy töqnaşuvlarga Xitoyni Markaziy Osiyo va Ğarb bilan boğlovçi yangi koridordan manfaatdor bölmagan kuçlarning aloqadorligi, ular bu orqali qirğizlarni qandaydir oqibatlardan ogohlantirgan bölişi mumkinligi – taxmin xolos. Lekin ta’kidlaşni istardikki, tojik-qirğiz çegarasi töliq delimitatsiya qilinib, ziddiyatlar barham topişini hamma ham xohlamasligi haqida bundan avval ham köp marta gapirilgan.
Masalaning yana bir jihati bor, ya’ni Qirğiziston va Özbekistonga temiryöl quriş loyihasiga nisbatan Xitoyning munosabati. Si Jinping 2019 yilda Qirğizistonga davlat taşrifi bilan borganida bu temiryöl masalasi oçiq qolib ketgan edi. Ötgan uç yilda ehtimol AQŞ bilan savdo uruşining kelib çiqqani Xitoyning Markaziy Osiyo bozoriga tezroq va köproq kirib boriş qaroriga turtki bergan bölişi mumkin.
Qöşimça qilib ötamiz, Xitoy raisi Si Jinping şu hafta Samarqandga kelişidan oldin Qozoğistonga ham davlat taşrifini amalga oşirdi. Taşrif davomida Si Xitoy Qozoğistonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iyan qöllab-quvvatlaşini aytib bayonot berdi. Rasmiy Pekin bu pozitsiyasini oçiq e’lon qilgani Qozoğiston uçun qançalik ahamiyatli ekanini şarhlab ötirişga hojat yöq albatta.
Si Jinping öz bayonotida Töqayevning islohotlarini ham qöllaşini aytdi. Eslatib ötamiz, Qozoğistonda prezidentlik muddati faqat 1 marta saylaniş şarti bilan 7 yil etib belgilanyapti. Konstitutsiyadagi bu qoida özgartirib bölmaydigan qoidalar qatoriga kiritiladi. Bundan taşqari, poytaxt Nur-Sultonga Ostona nomi qaytariladigan böldi. Tegişli qonun loyihasi şu hafta Qozoğiston parlamentida ma’qullandi.
Kinofestivaldagi mojaro
Foto: Toşkent xalqaro kinofestivali
ŞHT sammiti tinç yakunlandi. Biroq sammit kunlari bölib ötgan “Ipak yöli durdonasi” XIV Toşkent xalqaro kinofestivalida jiddiy mojaro çiqdi. Festivalning Turk kinosi kunlaridagi eng asosiy tadbirda kelib çiqqan işkalga maşhur aktyor Burak Özçivit va aktrisa Nurgul Yaşilçoy sabab bölgani aytilyapti.
Tadbir dasturiga köra, Turkiyadan taklif qilingan 11 kinoijodkor sahnaga çiqişi, boşlovçi va muxlislar savollariga javob berişi kerak edi. Tomoşabinlarning köpi, turgan gapki, ular orasidan aynan Özçivit va Yaşilçoyni köriş uçun kelgan. Lekin bu ikki mehmon ikki marta tantanali ohangda sahnaga çaqirilgan bölsa ham, ular çiqmagan va alohida çiqişlarini aytişgan.
Bu orada Nurgul Yaşilçoy sahnaga birrovga çiqib, hamkasblari qatorida ötirişni istamagan, tik turgança unga berilgan mikrofonni ham olmasdan, boşlovçining mikrofonida “salom, yaxşimisizlar” deyiş bilan çeklanib, şu bilan sahna ortiga ötib ketgan. Boşlovçi noiloj qolganlar bilan suhbat uyuştirib, tadbirni davom ettirgan.
Suhbat yakunlanib, 9 ijodkor sahnani tark etgaç, Nurgul Yaşilçoy suhbatga tayyorligini bildirgan. Bunga çidolmagan aktyor Sardor Gyokxan sahnaga otilib çiqib, Burak va Nurgulning haqoratiga jimgina qarab turolmasliklarini aytgan va 9 mehmon tadbirdan çiqib ketgan. Ularning ketidan Turkiya elçixonasi vakillari ham zalni tark etgan.
Aktrisa Nurgul Yaşilçoy / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ayrim faollar Yaşilçoy va Özçivit gonorar evaziga çaqirilganini eslatib, ularga tölangan gonorar pullari qaytarib olinişi kerakligini aytdi. Bunga javoban tadbir taşkilotçilarining ma’lum qilişiça, 9 nafar ijodkor tadbirdan ketib qolgan bölsa ham, avvaliga Nurgul Yaşilçoy, keyin Burak Özçivit tomoşabinlarning savollariga javob bergan, muxlislari bilan suratga tuşgan.
Voqeaning ertasiga Turkiya madaniyat va turizm vaziri örinbosari Axmet Misbah Demirjan röy bergan holat böyiça rasman uzr söradi.
1 300 000 000 dollar – Özbekiston tarixidagi eng katta öğriliklardan biri
Foto: Yves Forestier / Getty Images
Bir neça yillar oldin bu kabi kinofestivallarning asosiy yulduzlari qatorida turgan Gulnora Karimova bugun qamoqda. U ömargan pullarning öndan biri ham hali Özbekistonga qaytgani yöq.
Şu hafta Adliya vazirligi bergan ma’lumotga köra, Karimova rahbarligidagi jinoiy guruh Özbekistonni talon-toroj qilib xorijga olib çiqib ketgan jami 1,3 mlrd dollar pulga 1400 ta maktab qursa böladi.
Vazirlikning ma’lum qilişiça, birgina Şveytsariyadan qaytarilişi kerak bölgan pullar taxminan 686 mln dollarga teng. Hozirça şuning yarmi, taqriban 336 mln dollar uzil-kesil musodara qilingan, şundan 131 mln dollari Özbekistonga qaytişi hal bölgan, 205 mln dollar böyiça esa işlar yakuniga yetyapti. Qolgan 350 mln dollar böyiça sudlar davom etyapti.
Bundan taşqari, Parij yaqinidagi 2 ta qasr sotilişidan tuşgan 20 mln dollar ötgan 2020-2021 yillarda Özbekistonga qaytarilgan. Ötgan yili, şuningdek, Moskvadagi 6ta xonadonni musodara qilib, sotiş haqida hukm çiqqan. Moskva sudi hukmiga köra, aktivlarni sotişdan tuşgan pullarning teng yarmi Rossiyada qoladi, faqat yarmi Özbekistonga qaytariladi.
Buyuk Britaniya va Belgiyadagi aktivlar böyiça sudlar hali yakuniga yetmagan. Latviyadan esa 15 mln dollar pul, 24 kilo oltin va Rigadagi madaniy-köngiloçar majmua kabi aktivlarni qaytariş biroz qiyin bölyapti. Umuman, Karimovaga aloqador boyliklar biz hozir sanab ötgan 6 ta davlatdan taşqari boşqa davlatlarda ham bor. Ularni qaytariş işlari bilan asosan Özbekiston Adliya vazirligi şuğullanyapti.
Gulnora Karimova sodir etgan jinoyat kölami va boyliklarning qaytarilişi masalasi şu qadar kattaki, bu keys kelgusida xalqaro huquq va boşqa köplab fanlarning pul yuviş va restitutsiyaga oid darsliklariga ham kiritilsa kerak.
Quyoş panellari – quriliş qilişdagi majburiy talab
Foto: iStock
Özbekistonda energiya tejamkor va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş böyiça yangi farmon qabul qilindi.
Hujjatga asosan, energiya samaradorligi past bölgan konditsionerlar, muzlatkiçlar, kir yuviş maşinalari va boşqa maişiy texnikalar hamda elektr jihozlarini Özbekistonga olib kiriş taqiqlandi. Bundan buyon Özbekistonga faqat energiyasamaradorlik böyiça “A”, “B” yoki “S” toifagi maişiy texnikalarnigina olib kiriş mumkin.
Bundan taşqari, 2023 yildan boşlab yangi quriladigan ijtimoiy obektlarga quyoş suv isitkiçlari örnatilişi majburiy böldi.
Bu nima degani? Hujjat talabiga köra, endilikda yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan maktablar va boşqa ta’lim muassasalari, şifoxonalar, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, sport komplekslari va yirik savdo majmualarida quyoş suv isitkiçlari bölmasa, ular foydalanişga qabul qilinmaydi. Mahalliy isitiş tizimiga ulanadigan köp qavatli uylar ham şular jumlasidan. Ularning tomi yoki hovlisiga örnatiladigan quyoş panellari issiq suv ta’minotining kamida 25 foizini ta’minlab bera olişi kerak. Agar loyihada qayta tiklanuvçi energiya manbalarini örnatiş közda tutilmagan bölsa, bunday qurilişlarni boşlaş taqiqlanadi.
Qisqa qilib aytganda, issiq suv bilan ta’minoti böladigan har qanaqa bino va inşootni qurişda quyoş suv isitkiçlari örnatilişi şart. Faqat aholi uylarigina bundan mustasno.
Bu hujjat qayerdan ösib çiqqan?
Foto: Royal
Yuqoridagi farmondan yana bir muhim yangilik örin olgan. 1 oktyabrdan boşlab fuqarolar quyoş va şamol elektr stansiyalari hamda quyoş suv isitkiçlarini 3 yil muddatga foizsiz, bölib tölaş şarti bilan sotib olişlari mumkin. Pulini yuz foiz tölab sotib oladigan xaridorlarga esa xarajatlarining bir qismi budjetdan qoplab beriladi. Faqat bitta şarti bor – sotib olinayotgan panellar va suv isitkiçlar Özbekistonda işlab çiqarilgan bölişi kerak.
Ayni şu jihat hujjatni qaysidir tomonning lobbisi bölişi mumkin degan taxmin örtaga çiqaradi. Gap şundaki, Özbekistonda quyoş suv isitkiçlari Royal brendi ostida işlab çiqariladi va brend egasi köpçilikka yaxşi taniş. Bu savdo belgisini 100 foiz Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga tegişli “J-United Group” röyxatdan ötkazgan. Patentning rasmiy egasi – Artel Electronics.
Hozir joylarda “Hududgazta’minot” xodimlari aholi orasida şu brendni tarğib qilib yurişibdi. Lekin davlat xizmatçilari qaysidir xususiy kompaniyaning mahsulotini tekinga reklama qilişni töxtatişsa ham böladi, çunki yangi talablar kuçga kirganidan keyin, bu brendning reklamaga muhtojligi qolmaydi: 1 yanvardan boşlab kompaniya mahsulotlariga talab bir neça ön barobarga oşib ketişi aniq. Axir xususiy binolardan taşqari, minglab maktablar, şifoxonalar va boşqa davlat obektlarga xorijda işlab çiqarilgan emas, aynan özimizda çiqqan quyoş panellari örnatiladi.
Qayta tiklanuvçi energiya manbalarining kengroq tarqalişi juda va juda yaxşi albatta, lekin bu lobbi ortidan bölayotgan bölsa, tanlovsizlikni keltirib çiqarsa, kimnidir yanayam boyitiş uçun qilinayotgandek körinsa, bular televizorda aytilayotgan ezgu niyatlarni şubha ostida qoldiraveradi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Ukrainada asir tuşgan özbekistonlik / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi uruşda asir tuşgan özbeklar işi böyiça Ukraina Taşqi işlar vazirligiga nota yubordi. Notada holat böyiça batafsil ma’lumot beriş söralgan. Eslatib ötamiz, ötgan hafta Xarkovdagi muvaffaqiyatli qarşi hujumida köplab rus askarlari asir tuşgan, ular orasida ikki özbek ham borligi ma’lum bölgandi. Ulardan biri Rossiyada hujjati yöq muhojir bölgani, ikkinçisi talaba ekanini aytgan.
Andijon şahrining sobiq hokimi, prokurori, xalq ta’limi bölimi boşliği va boşqa rahbarlari sud qilinmoqda. Tergov xulosasiga köra, uyuşgan jinoiy guruhga şaharning sobiq prokurori Qurbonali Asqarov boşçilik qilgan. U ta’lim tizimidagi mansabdorlardan “dolya” olib yurganlikda ayblanyapti. Talon-toroj qilingan pullar miqdori 63 mlrd sömdan oşadi.
Farğonaning Oltiariq tumanidagi boğçada 41 nafar bola ovqatdan zaharlandi. Bolalardan 28 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli yaxşi ekani aytilyapti. Holat böyiça prokuratura tekşiruv boşlagan.
“Milliy tiklaniş” partiyasining Toşkent şahar kengaşi tilla nişon yasattirdi. Sof tilla emas, tilla aralaşmasidan yasalgani aytilgan nişon bir yilda bir marta eng fidoyi tuman kengaşi deputatiga topşiriladi. Partiyaning bu xarajati tanqidlarga sabab bölgaç, nişon 2 mln sömga yasalgani, lekin bu budjetning puli emas, homiylik mablaği hisobidan qilingani aytildi.
Siz ortda qolayotgan haftada Özbekistonda röy bergan asosiy voqea-hodisalar dayjesti bilan tanişdingiz. Tezkor, aniq va xolis yangiliklarni Kun.uz'da kuzatişda davom eting. Dam oliş kuningiz maroqli ötsin!