Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudi binosida sud qilinayotgan Andijon şahrining sobiq hokimi va prokurori doxil sudlanuvçilar jami 44 nafar. Ularning 15 nafari ayollar.

63 mlrd sömdan ziyod mablağni talon-toroj qilişda gumonlanayotgan Andijon şahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov, şaharning sobiq prokurori Qurbonali Asqarov, viloyat XTB sobiq rahbari Azizbek Mirkomilov — jami 44 kişilik jinoiy guruhga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni davom etmoqda. Sudlanayotganlarning 34 nafari ehtiyot çorasi sifatida sudgaça qamoqqa olingan. Şu sababli sud zalidagi har ikkala qafas ham ayblanuvçilar bilan tölgan.

Oçiq sud majlisida iştirok etayotgan Kun.uz muxbiriga köra, ayblanuvçilar va ularning advokatlari iltimosini qanoatlantirgan. Raislik etuvçi sudya A.Ötayev jarayonni foto va tasvirga hamda audioga yozib olişga ruxsat bermagan.

Ayblov xulosasida yozilişiça, Andijon şahar XTB markazlaşgan moliya-buxgalteriya xizmati sobiq boş hisobçisi va Andijon viloyati Davlat moliyaviy nazorat boşqarmasi sobiq boşliği, Andijon şahar sobiq prokurori rahbarligidagi guruh 2018–2021 yillar mobaynida hujjatlarni soxtalaştirişib, asossiz ravişda şakllantirilgan soxta tölov qaydnomalarini rasmiylaştiriş orqali, «ölik jonlar» nomiga ATB «Özsanoatqurilişbank» Bunyodkor filialida bank plastik kartalari oçişgan.

Guruh şu orqali iş haqidan uşlab qolmasdan hamda ortiqça tölaş orqali Andijon şahar XTB tizimida işlamagan şaxslar hamda muqaddam işlab ketgan, farzand parvarişida bölgan xodimlar nomiga noqonuniy tölovlarni amalga oşirişgan. Natijada, jami 63,1 mlrd sömlik budjet mablağlari özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilingan.

12–13 sentabr kunlari bölib ötgan sud jarayonida Xalq ta’limi vazirligi xodimi, maktab öqituvçilari, ATB «Özsanoatqurilişbank» Bunyodkor filiali xodimi, mahalla raisi, ayblanuvçilarning qarindoşlari hamda ularning köçmas mulk oldi-sotdisida bevosita iştirok etgan şaxslar guvoh sifatida körsatma berdi.

14 sentabr kuni bölib ötgan sud majlisida Andijon şahrida joylaşgan 5-, 18-, 19-, 20-, 28-, 35-örta maktablarda işlagan öqituvçi va xodimlar hamda 26-maxsus maktab tarbiyaçilarining körsatmasi tinglandi.

Sud jarayonida qayd etilişiça, guvoh sifatida çaqirilgan N.I. 2016-2018 yillarda Andijon şahridagi 19-maktabda öqituvçi bölib işlagan. U garçi ta’lim muassasasidan işdan böşaganiga qaramay, uning nomiga 10 million söm oylik maoş yozilgan va bu mablağ mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingan.