Qozoğiston parlament palatalarining 16 sentabr kuni bölib ötgan qöşma majlisida Nur-Sulton şahri nomini Ostona deb özgartiriş ma’qullandi, deb yozadi Zakon.kz.

Poytaxt nomini özgartiriş taşabbusi «Jana Qozoğiston» deputatlar guruhi tomonidan ilgari surilgan. Parlament palatalarining qöşma majlisida «Jana Qozoğiston» deputatlar guruhining taklifini deputatlar bir ovozdan qöllab-quvvatlab ovoz berişdi. 

Konstitutsiyaga kiritiladigan özgartirişlar prezidentga imzolaş uçun taqdim etildi. 

2 sentabr kuni «Jana Qozoğiston» deputatlar guruhi a’zolari poytaxt şaharga sobiq nomi – Ostonani qaytarişni taklif qilişdi. Nur-Sulton nomini özgartiriş taklifi konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan.

15 sentabr kuni jamoatçilik poytaxt nomini özgartirişni qöllab-quvvatladi. Şu kuni parlament quyi palatasi deputatlari poytaxt nomini Ostona deb özgartirişni ma’qullagan edi.

Bundan taşqari, 16 sentabr kuni parlament palatalarining qöşma majlisida prezident saylovi böyiça konstitutsiyaga özgartirişlar ma’qullandi.

Parlament palatalarining qöşma majlisida deputatlar bir ovozdan «ha» deb ovoz berişdi. Konstitutsiyaga kiritiladigan özgartirişlar prezidentga imzolaş uçun taqdim etildi. 

1 sentabr kuni prezident Qosim-Jömart Töqayev Qozoğiston xalqiga murojaatnomasi çoğida muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini 2022 yil kuzida ötkazişni taklif qildi. Davlat rahbari, şuningdek, 2023 yilning birinçi yarmida parlament saylovlarini ötkaziş taşabbusi bilan çiqdi.

Bundan taşqari, Qosim-Jömart Töqayev bir martalik prezidentlik tizimini joriy etişni taklif qildi. Prezidentlik vakolati 7 yil bölişi kerak va qayta saylaniş taqiqlanadi.

2019 yil 9 iyun kuni Qozoğistonda navbatdan taşqari prezidentlik saylovlari bölib ötdi. Öşanda respublika böyiça umumiy saylovçilarning faolligi 77,4 foizni taşkil qilgan.