Ijtimoiy tarmoqlarda ukrain harbiylari ikki nafar özbekistonlikni asir olgani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Uşbu holatga aniqlik kiritiş maqsadida Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi Ukraina Taşqi işlar vazirligiga rasmiy nota yuborgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuçlari tomonidan uşbu mamlakat hududida jang qilgan göyoki ikki özbekistonlik qölga olingani aks etgan video tarqalmoqda.

Şu munosabat bilan batafsil va işonçli ma’lumot oliş maqsadida Özbekiston Respublikasining Ukrainadagi elçixonasi Ukraina Taşqi işlar vazirligiga rasmiy nota yubordi.

Uşbu video böyiça tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va keyinroq e’lon qilinadigan aniq va yakuniy ma’lumotni kutişingizni söraymiz”, deyiladi elçixona xabarida.

Özbekiston qonunçiligiga köra, şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biror şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi jinoyat hisoblanadi va bunday harakatni sodir etganlar 5 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş bilan jazolanadi.