Ukrainaning qarşi hujumi davomida ortga çekinayotgan Rossiya qöşinlari Balakliya atrofida asir tuşayotgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bölişiça, asirlar orasida Rossiya tarafida turib jang qilgan özbekistonliklar ham bor.

Internetda tarqalgan videoda ukrain harbiylari ikki özbekistonlikni asir olganini köriş mumkin. Rossiya armiyasi safida xizmat qilgan har ikki erkak özlarining samarqandlik ekanini aytişgan.

Ulardan biri videoda Rossiyada beş yildan beri işlab kelayotgani, noqonuniy işlab yurgan paytda uruşga majburan yuborilganini aytgan bölsa, boşqasi talaba ekani, pul uçun harbiy harakatlarda qatnaşişga rozi bölganini ta’kidlaydi.

“Moskvada qurilişda işlardim. Hujjatlarim yöq edi, şu holatda 5 yil işlab kelayotgandim. Meni bu yerga majburlab yuborişdi. Bu yerga kelişni xohlamagandim. Kelişga majbur böldim. Keçiringlar meni. Biz kelgan maşinada beş kişi bor edi. Komandirning ismini bilmayman. Ötgan keça tunagan joyimni aniq bilmayman”, deydi Samarqand viloyatidan ekanini aytgan, biroq yiği aralaş ovozidan familiyasini anglab bölmagan erkak.

“Yoşim yigirma ikkida. Heç qayerda xizmat qilmaganman. “Redut” xususiy harbiy kompaniyasiga minomyotçi bölib yollanganman. Töğrisi, qayerdan kelayotganimizni ham, qayerga borayotganimizni ham bilmayman. Bizni bu yerga “Kamaz”da olib kelişdi. Yonimda Özbekistondan yana bir yigit bor edi. Rossiyada öqirdim, pul kerak bölgani uçun xususiy harbiy kompaniyaga yollangandim”, deydi özini Muhriddin Ahmedov deb taniştirgan yigit.

Hozirça Özbekiston tomoni voqeaga heç qanday munosabat bildirgani yöq.

Ammo jamoatçilik faollari Ukraina hududida Rossiya harbiylari kiyimida asirga tuşgan vatandoşlar masalasiga befarq qarab turgani yöq. Jumladan, taniqli tadbirkor Zafar Hoşimov Rossiyada vatandoşlarni uruşga tarğib qilayotgan xoinlar borligi va ular albatta javobgarlikka tortilişi kerakligini