O‘zbekiston | 16:17 / 18.09.2022
3552
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov AQShga tashrif bilan boradi

O‘zbekiston BMT sessiyasida qatnashadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi joriy yil 19-24 sentabr kunlari Nyu-York shahrida tashrif bilan bo‘ladi. 

TIV matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Vladimir Norov Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi 77-sessiyasining umumiy munozarasida nutq so‘zlaydi.

Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid