Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda birovning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib, sharmanda qilgan yigit ushlandi
Koson tumanida yashovchi 33 yoshli yigit Qarshi shahrida yashovchi fuqaroning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib, sharmanda qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro M.G. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uni yashirin tarzda suratga olib, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali fotosuratlarini tarqatib, sharmanda qilayotganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fotosuratlarni tarqatayotgan shaxs Qoson tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan D.B. ekanligi aniqlangan
Qayd etilishicha, D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-1- moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda qizning suratlarini Telegram’da tarqatib, sharmanda qilgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Bundan tashqari, Qarshi shahrida sobiq xotinining shaxsiga oid ma’lumotlarni internetda tarqatishini aytib, 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
16:32 / 29.06.2026
Avstraliya yo‘li tanlanadimi? O‘zbekistonda ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi mumkin
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026