Qarşi şahrida sobiq xotinining şaxsiga oid ma’lumotlarni internetda tarqatişini aytib 5 ming dollar talab qilgan şaxs uşlangan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2021 yil 20 dekabr kuni 23 yoşli B.M. Qarşi şahar IIO FMB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilib sobiq turmuş örtoğiga qonuniy çora körişni söragan.
B.M.ning arizasiga köra sobiq turmuş örtoği 24 yoşli Y.F. şaxsiga oid ma’lumotlarni, ekspertiza hujjatlarini öqiş va iş joyi hamda boşqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuboriş bilan qörqitgan. Söng uşbu ma’lumotlarni oşkor qilmaslik evaziga B.M.dan 5000 AQŞ dollari pul mablağlarini talab qilib kelgan.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida Y.F. Qarşi şahridagi “Yaşil bozor” savdo dökoni yonida fuqaro B.M.dan talab qilgan 5000 dollardan 2500 dollarni olgan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan uşlanib, pul mablağlari aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarşi şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Y.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, u gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.
Qayd etilişiça, jinoyat işi doirasida jinoyatning kelib çiqiş sabablari sinçkovlik bilan örganilib, tergov yakuniga köra qonuniy baho berilişi ta’minlanadi. Hozirda tergov davom etmoqda.












