Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi sanasini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 2022 yil 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari prezident saylovini tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlash topshirildi.
Hukumat navbatdan tashqari prezident saylovini tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi zarur.
Ostona, Olmaota, Chimkent shaharlari va viloyatlar hokimlari saylov huquqiga ega fuqarolar ro‘yxatlari o‘z vaqtida tuzilishi va ishonchliligini ta’minlaydi, markaziy, hududiy va uchastka saylov komissiyalariga saylovni tashkil etish va muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari o‘tkazish masalalarini hal etishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi.
Farmon birinchi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda qayta saylanish huquqisiz yagona prezidentlik muddatini joriy etishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni imzolagan edi.
Mavzuga oid
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026