Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorij ta’lim hujjatlarini tan olishda undiriladigan to‘lov miqdori aytildi
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha undiriladigan to‘lovlar qancha ekani haqida ma’lumot berildi.
Hukumat 620-son qaroriga asosan xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undiriladi.
Ma’lum qilinishicha, bunday davlat xizmati uchun yig‘im miqdori 900 000 so‘m etib belgilangan. Bu bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026