Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga farovonlik tiladi.
O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar keng qamrovli kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdi. Shanhay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammiti natijalari yuksak baholandi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026