Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda “metan-zapravka”da 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi
O‘g‘irlangan gaz qish mavsumining bir oyida 2000 ta xonadonni ta’minlashga etadi.
Joriy yil avgust oyida Navoiy shahrida joylashgan “B.E.M.” MChJga qarashli AGTKSda tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilgan. Bu haqda “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘rganish davomida jamiyatga tegishli elektron gaz hisoblash uskunasi talab asosida ishlayotgani modem orqali tekshirilganda, shubhali holat borligi kuzatilgan. Gaz hisoblagich belgilangan tartibda yechib olinib, ekspert tekshiruvidan o‘tkazilgan va uning gaz hisoblash uskunasi konfiguratsiyasi o‘zgartirilgani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, “metan-zapravkada” 1 363 892 m3 gaz noqonuniy sarflangan. Bu miqdordagi gaz qish mavsumining bir oyida 2000 ta xonadonni ta’minlashga yetadi. Ta’minot korxonasi bundan 1 mlrd 363 mln so‘m zarar ko‘rgan.
Holatlar bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, barcha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.
Mavzuga oid
20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
09:14 / 05.04.2025