O‘zbekiston | 12:12 / 23.09.2022
8544
1 daqiqa o‘qiladi

Qishloqlarda xorijiy tilni o‘qitish uchun beriladigan subsidiya 50 mln so‘mgacha bo‘ladi

50 mln so‘mgacha bo‘lgan bir martalik subsidiyalar nodavlat ta’lim tashkilotlariga kamida 6 oy qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish sharti bilan ajratiladi.

Azim Husanov

2022 yil 1 oktyabrdan boshlab qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti amalga kiritilmoqda.

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori o‘rinbosari Azim Husanov ma’lum qilishicha, 50 mln so‘mgacha bo‘lgan bir martalik subsidiyalar tadbirkorlik sub’yekti bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga kamida 6 oy muddat davomida qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanish sharti bilan ajratiladi.

Nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish bo‘yicha O‘zbekiston Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid