Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi yangi sanksiyalari Rossiyaga texnologiyalar eksportiga tegishli bo‘ladi
Yevropa ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi kuchayishiga tezkor javob berishga intiladi va qo‘shimcha sanksiyalar ustida ishlamoqda. Texnologiyalar sohasidagi shaxslar va jazo choralarining yangi ro‘yxati taqdim etiladi.
Yevropa komissiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning safarbarlik e’lon qilganidan keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yangi takliflar ustida ishlamoqda. Yevrokomissiya vakili Erik Mamer 22 sentabr, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda yangi qadamlar juda tez qo‘yilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Jismoniy shaxslar va tashkilotlarga nisbatan individual jazo choralari, shuningdek, Yevropa ittifoqi Rossiyaga eksport qiladigan bir nechta texnologiyalar bo‘yicha qo‘shimcha eksport nazorati taklifi ko‘rib chiqiladi, dedi u Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyenga tayanib. «Bunday turdagi qo‘shimcha sanksiyalarni qo‘llash o‘zini oqlaydi, chunki biz Rossiya urush davri iqtisodiyotiga qarab ketayotganini ko‘ryapmiz», dedi Mamer.
Rossiya nefti narxining chegaralanishi mumkinligi haqidagi savolga javoban, u bu mavzu G7formatida muhokama qilinmoqda, chunki qaror jahon neft bozoriga ta’sir qiladi va global darajada qabul qilinishi kerak, deb javob berdi. «Ittifoqchilarimizning roziligisiz sanksiyalar qo‘llash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan jihatlar bor. Shu sababdan, bu mojaro boshidan boshlab, YeI o‘zining eng yirik davlatlari tomonidan maksimal darajada qo‘llab-quvvatlangan holda sanksiyalarni muvofiqlashtirib, joriy qilmoqda. Bu neft sohasidagi har qanday mumkin bo‘lgan harakatlarga ham taalluqlidir», — dedi Yevrokomissiya vakili.
21 sentabr kuni Yevropa ittifoqi mamlakatlari va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Rossiyada safarbarlik e’lon qilingani munosabati bilan Nyu-Yorkda norasmiy favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Ular Rossiyaga qarshi qo‘shimcha individual va tarmoq sanksiyalarini qo‘llashga, zarur bo‘lgunga qadar Rossiya agressiyasiga qarshi Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga qaror qilishdi, dedi Yevropa ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrel.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026