Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada tayfun oqibatida o‘n minglab uylar suvsiz va elektrsiz qoldi
"Talas" tayfuni ikki kishining umriga zomin bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, uch kishi jarohatlangan.
Yaponiyada yuz bergan "Talas" tayfuni oqibatida Sidzuoka shahrida 55 mingta uy suvsiz qoldi.
Tayfun suv ta’minoti qurilmasiga shikast yetkazgan bo‘lib, qurilmaning qachon ishga tushishi hozircha aniq emas.
Shuningdek, Sidzuoka prefekturasida 114 mingta uy elektrsiz qolgan. Ko‘chki natijasida elektr uzatish liniyalarining tayanchlari ag‘darilgan. Xamamatsu shahrida daryo ustidagi ko‘prik vayron bo‘lgan. O‘nlab uylar suv ostida qolgani aytilmoqda.
"Talas" tayfuni ikki kishining umriga zomin bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, uch kishi jarohatlangan.
Sidzuoka prefekturasida 1,78 million kishi uchun evakuatsiya e’lon qilingan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026