Jahon | 20:00 / 26.09.2022
22768
1 daqiqa o‘qiladi

Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi

Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining o‘n sakkizinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Avvalroq Rossiya tashqi razvedka xizmati juma kuni Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining o‘n sakkizinchi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Unda Armaniston, Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston delegatsiyalari ishtirok etadi. 

Qayd etilishicha, Putinning MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvi videokonferensiya rejimida o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid