Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Rossiyaga kimyoviy qurol bilan bog‘liq tovarlar eksportini taqiqladi
Tokio hukumati Ukraina janubi-sharqidagi «referendumlar» munosabati bilan Rossiyaga qarshi jazo choralarini kengaytirdi. Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning mudofaa bilan bog‘liq yana 20 ta kompaniyasi kiritilgan.
Yaponiya okkupatsion hokimiyatlar tomonidan Donbassning «DXR» va «LXR» tuzilmalarida, shuningdek, Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha «referendumlar» o‘tkazilishi fonida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining 26 sentabr, dushanba kuni saytida e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, Tokio Rossiyaga kimyoviy qurol ishlab chiqarish bilan bog‘liq tovarlar eksportini taqiqladi.
Bundan tashqari, eksport cheklovlariga duchor bo‘lgan Rossiya kompaniyalarining sanksiyalar ro‘yxatiga yana 20 ta tashkilot kiritildi. Ular orasida, jumladan, «Moselektronproyekt» («Rossiyskaya elektronika» shu’ba korxonasi), «Etalon», «Informakustika» («Rostex» tarkibiga kiruvchi), «Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazining A.I.Alixonov nomidagi Nazariy va eksperimental fizika instituti va «Salyut» zavodi bor.
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi o‘tgan hafta Moskvani «referendumlar» tufayli Rossiyaga qarshi eksport sanksiyalarini kengaytirish rejalari haqida ogohlantirgan edi. O‘shanda tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashi harbiy va mudofaa sohasiga oid kompaniyalar cheklovlarga duchor bo‘lishini e’lon qildi. Bundan avvalroq AQSh va Yevropa ittifoqi «referendumlar» o‘tkazilgan taqdirda yangi sanksiyalar haqida ogohlantirgan edi.
24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishi boshlanganidan beri Yaponiya Rossiyaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini joriy qildi. Jazo choralari eksport va import, bank sektori, davlat muassasalari, kompaniyalar va jismoniy shaxslarga ta’sir ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026