Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan mol-mulkka taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi
2022 yil 1 oktyabrdan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab (xatlab) qo‘yilgani, taqiqlab (xatlab) qo‘yish bekor qilingani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi.
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mol-mulkka taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi. Ma’lumotlarni elektron ma’lumotlar bankiga kiritishda:
- jismoniy shaxs shaxsiga oid va avtomototransport vositalariga oid ma’lumotlar – Ichki ishlar vazirligi;
- yuridik shaxsga oid ma’lumotlar – Adliya vazirligi;
- ko‘chmas mulkka oid ma’lumotlar – Kadastr agentligi;
- qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga oid ma’lumotlar – Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
- attraksionlar va ko‘tarish inshootlari (minora kranlari)ga oid ma’lumotlar – Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi;
- kemalarga oid ma’lumotlar – Transport vazirligi;
- kichik hajmli kemalarga oid ma’lumotlar – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Notarius elektron ma’lumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yishi va taqiqni bekor qilishi mumkin. Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo‘yish, uni bekor qilishda to‘lov undirilmaydi.
Mavzuga oid
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
09:05 / 18.10.2025
Markaziy bank 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
16:38 / 26.09.2025