Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundestag vitse-spikerining Erdo‘g‘an haqidagi so‘zlaridan so‘ng Germaniya elchisi Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgichning so‘zlariga ko‘ra, nemis siyosatchisining so‘zlari nomaqbul va «siyosiy axloq»qa zid.
Foto: AP
Bundestag vitse-spikeri Volfgang Kubitskining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an haqidagi so‘zlari sababli Germaniyaning Anqaradagi elchisi Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda TRTHaber xabar berdi.
«Biz Germaniya federal parlamenti vitse-spikeri Volfgang Kubitski tomonidan prezidentimiz sha’niga aytilgan haqoratli so‘zlarni keskin qoralaymiz», — Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis siyosatchisining so‘zlari nomaqbul va «siyosiy axloq»qa zid.
Qayd etilishicha, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Germaniyaning Anqaradagi elchisiga ushbu masala bo‘yicha munosabatini ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Volfgang Kubitski Erdo‘g‘anni qochqinlar bilan bog‘liq inqiroz vaqtidagi siyosati uchun haqorat qilgan.
Mavzuga oid
09:50
Germaniya mudofaa vaziri: Rossiya butun dunyo uchun tahdid
20:40 / 13.02.2026
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
19:34 / 13.02.2026
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
16:48 / 13.02.2026