Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va YeTTB 924 mln dollarlik 8 ta investitsiya loyihasini ishlab chiqdi
Joriy yil 27 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev YeTTB vitse-prezidenti Yurgen Rigterink boshchiligidagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda investitsiyaviy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. 2018 yildan hozirgi kungacha YeTTB O‘zbekistonda energetika, suv ta’minoti va qattiq chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishlarini rivojlantirish sohalarida 13 ta loyihani amalga oshirmoqda.
Ishlab chiqilayotgan yangi investitsiya loyihalari portfeli umumiy qiymati 924 million dollarlik 8 ta loyihadan iborat. Tomonlar joriy va yangi loyiha tashabbuslarini jadal rivojlantirish bo‘yicha keyingi hamkorlik formatini belgilab oldi.
O‘zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirish va kapital bozorini rivojlantirish kabi ustuvor iqtisodiy va tarkibiy islohotlarni YeTTB tomonidan qo‘llab-quvvatlash istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzu bo‘yicha olib borilgan muzokarada bank rahbariyati mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar izchilligi va o‘z vaqtidaligini yuqori baholab, ularni ro‘yobga chiqarish borasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
15:57 / 14.02.2026