O‘zbekiston | 09:41 / 28.09.2022
3731
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligining vakolatlari kengaytiriladi

Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishida “Adliya organlari tizimi takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama markazida bo‘ldi.

Qonun loyihasi bilan intellektual mulk sohasidagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, Intellektual mulk agentligi vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritilgan holda, adliya organlariga mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi berilyapti.

Fraksiya a’zolari qonun loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bergan holda mazkur hujjatlarni qo‘llab-quvvatladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid