Jahon | 19:57 / 29.09.2022
8019
3 daqiqa o‘qiladi

AQShning eng saxiy milliarderlari aniqlandi

Eng badavlat 400 nafar milliarderdan 9 nafari 20 foizdan ortiq boyligini xayriyaga sarflagan.

AQShdagi eng badavlat odamlarning cho‘ntaklari chuqur, lekin bu ular pullarini xayriya uchun osongina sarflashlarini bildirmaydi, deb yozadi Forbes.

Nashr milliarderlarning qanchalik saxiyligini aniqlash uchun ularni beshta toifaga – mablag‘ining 1 foizdan kam qismini xayriya uchun sarflaganlardan 20 foizdan ortig‘ini sarflaganlarga ajratdi.

Eng boy 400 nafar amerikaliklarning aksariyati birinchi yoki ikkinchi toifaga kiritildi, ya’ni boyligining 5 foizdan kam qismini xayriyaga ajratgan. 

Faqat 9 nafar milliarder 20 foizdan ortiq boyligini xayriyaga sarflagan.

Foto: Getty Images

Bill Geyts Bill va Melinda Geyts fondiga 20 mlrd dollar ajratgan. Yana bir milliarder Makkenzi Skott Planned Parenthood va Boys & Girls Club of America tashkilotlariga mos ravishda 275 mln va 281 mln dollardan ajratgan. Eng saxiy milliarderlar reytingida Jorj Soros yetakchilik qilmoqda: u 18,1 mlrd dollar mablag‘ini xayriyaga bergan, bu uning hozirgi aktivlari miqdoridan qariyb uch baravarga ko‘p.

Foto: Getty Images

Boyligining 1 foizdan kam qismini xayriya qilganlar: 

Tesla asoschisi Ilon Mask, Google asoschisi Larri Peyj va yana 142 kishi. 

Foto: Getty Images

Boyligining 1 foizdan 4,99 foizgacha qismini xayriya qilganlar: 

Google asoschisi Sergey Brin, Amazon asoschisi Jyeff Bezos va yana 118 kishi. 

Foto: Getty Images

Boyligining 5 foizdan 9,99 foizgacha qismini xayriya qilganlar: 

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg, milliarder-broker Charlz Shvab va yana 52 kishi.

Foto: Bonnie Cash - Pool via CNP

Boyligining 10 foizdan 19,99 foizgacha qismini xayriya qilganlar: 

Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg, investor Jim Saymons va yana 16 kishi.

Foto: Getty Images

Boyligining 20 foiz va undan ortiq qismini xayriya qilganlar: 

Jorj Soros, Bill Geyts, Melinda French Geyts, Makkenzi Skott, Uorren Baffet, Gordon Mur, kichik Amos Hostetter, Linn Shusterman va Jon Arnold.

Mavzuga oid