Moliya vazirining “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Budjet kodeksi 112-moddasi oltinchi qismida ko‘rsatilgan quyidagi mablag‘larga xarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydi:
a) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ijro etish jarayonida bo‘shaydigan;
b) tovar-moddiy qimmatliklar normativdan ortiq zaxiralari bo‘yicha hisobga olingan;
v) advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan to‘lanishi nazarda tutiladigan;
g) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchilarga qaytarish uchun nazarda tutiladigan;
d) davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslari qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun nazarda tutiladigan;
ye) budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun nazarda tutiladigan, budjet tashkilotlari xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno;
j) biryo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to‘lash uchun nazarda tutiladigan;
z) Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar to‘lash uchun nazarda tutiladigan;
i) transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan;
k) davlat qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston ishtirokchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan;
l) davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan;
m) saylov va referendumlar o‘tkazish uchun nazarda tutiladigan;
n) budjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan;






