23 fevral kuni Şavkat Mirziyoyev yoşlar bandligini ta’minlaş masalasida yiğiliş ötkazdi. Unda yoşlarni işga joylaştiriş, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etiş böyiça rejalar muhokama qilindi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, xususiy kurslarda öqib, C1 sertifikatini olgan yoşlarga öqiş xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari böyiça esa B2 darajasi sertifikatini oliş xarajatlari qoplanadi.
Şuningdek, 2024 yilda sertifikat olişdagi imtihon xarajatidan taşqari 6 oylik öqiş puli ham tölab beriladi.

«Ustoz» loyihasi doirasida 250 ming nafar yoşlar marketing, reklama, elektron savdo, IT dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga örgatiladi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi biznes uçun imkoniyatlarga yönaltiriladi. «Yoş tadbirkor» tanlovlari ötkazilib, ğolib bölgan biznes loyiha va ğoyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oşirişga yuboriladi.














