Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ukraina hududida o‘tkazilgan «referendum»larni keskin qoraladi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainaning o‘zlari nazorati ostidagi hududlarida «referendumlar» o‘tkazilishini yana keskin qoralab chiqdi.
Bu «soxta referendumlar» chog‘ida odamlar o‘z xonadonlari va ish joylaridan qurol bilan olib chiqib ketilib, ovoz berishga majbur qilingan. Bu erkin va adolatli ovoz berishning mutlaqo aksi, dedi Berbok Berlinda.
U Rossiyani Ukrainaga o‘z shartlari asosida tinchlik bitimini taklif qilishga intilayotganlikda aybladi. Ammo Rossiya egallab olingan hududlarda o‘z nazoratini o‘rnatsa-da, u yerdagi fuqarolar xavfsiz va erkin emas, dedi germaniyalik vazir.
O‘z navbatida, Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilinganidan keyin yetti kun ichida, Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinning boshida rus qo‘shinlari guruhiga kirgan harbiy xizmatchilar sonidan ko‘proq odam mamlakatni tark etgan.
«Rossiyani tark etishga urinayotganlar orasida badavlatroq va o‘qimishlilar odamlar ustunlik qilmoqda», deya ma’lum qildi Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter’da. Mahkamaning ta’kidlashicha, safarbar qilingan zaxiradagilarni hisobga olgan holda, «aqllar oqimi» chiqib ketishining tezlashishi va mehnat resurslarining tobora kamayishi Rossiya iqtisodiyotiga tobora ko‘proq ta’sir qiladi.
Bundan oldin nemis razvedkasi Ukrainaga rus qo‘shinlarining harakati haqidagi ma’lumotni berayotgani va Ukrainadagi rus askarlari o‘rtasidagi o‘zaro suhbatlarni yozib olayotgani xabar qilingandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, may oyidan beri BND Ukraina razvedkasiga Germaniya Rossiya bilan hamkorlikda o‘tmishda orbitaga chiqargan, Bundesverga tegishli SAR-Lupe razvedka tizimi yordamida olingan 100 dan ortiq matnli hisobot va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini topshirgan.
Ushbu ma’lumotlar, jumladan, Ukrainaning egallab olingan hududidagi rus qo‘shinlarining o‘q-dorilar omborlari joylashgan joyni va «Rossiya samolyotlarining aniq joylashuvi va soni ko‘rsatilgan aerodromni» aniqlashga imkon beradigan tasvirlarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026