“Maska-şou” - kooperativlardan paxtani tortib oliş uçun tezkor guruhlargaça işga solindi
|17:17 / 29.09.202244 64510 min
Öz huquqlarini tanib kooperativlarga birlaşgan ojiz fermerlar bir yon, ularning paxtasini monopolist klasterga majburan olib berayotgan amaldorçalar bir yon. Örtada qonun balçiqqa botirilyapti, prezident farmoni oyoqosti bölyapti.
Yangi Özbekistonda ham huquqlari eng köp oçiqçasiga, namoyişkorona toptaladigan tadbirkorlar fermerlar bölib qolmoqda.
Kun.uz özining qonunda va prezident farmonida yozilgan huquqlari asosida kooperativlarga birlaşgan fermerlarning bu huquqlar uçun klasterlar, hokimlar, prokurorlar va içki işlar xodimlari bilan kuraşi mavzusini yoritişda davom etadi.
“Niqobli va qurollangan içki işlar xodimlari şiyponimizni bosdi”
Bahodir Arabov, Andijon viloyati Böston tumanidagi “Bahodir” fermer xöjaligi rahbari:
— Köp yillardan beri fermerlik faoliyati bilan şuğullanib kelamiz. Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyat, qonunçilikdagi imkoniyatlardan foydalanib, biz joriy yilda paxta topşiriş şartnomasini Şahrihon tumanida oçilgan “Prezident orzusi” kooperativi bilan tuzdik. Paxtamizni ularga topşiradigan böldik. Bundan tuman rahbarlarining xabari bor edi.
Lekin joriy yil 24 sentabr soat 16.00 larda dala şiyponimizga bir guruh içki işlar xodimlari niqoblangan va qurollangan holatda bostirib kirişdi. Biz paxtamizni kooperativga topşiriş uçun terib tayyorlayotgan edik. Şiyponimizga kelganlar, negadir, bizga nisbatan jinoyatçilarga qilinadigan munosabatni qilişdi. Öta qöpolllik qilişdi.
Biz ulardan özlarini taniştirişni, ruxsatnomalarini söradik. Ular javob ham qaytarişmadi. Videoga olib, holatni qayd etmoqçi böldim, ammo bunga imkon berişmadi. Vaholanki özlari bemalol, bizning xususiy mulkimiz bölgan şiyponimiz içida yurib, videoga olişdi.
Ular: “Paxtani nega topşirmayapsizlar, bu işlaring noqonuniy, paxtani tezroq klasterga olib borib topşiringlar”, deyişdi.
Hozirda paxtani yetiştirayotgan ham, sotib olayotgan ham – tadbirkorlar. Şu sabab bizning oldimizga kelgan idoraning harakatlarini butkul noqonuniy, özboşimçalik bilan qilingan harakat deb hisoblaymiz.
Özlarining e’tirofiça, ularning bu harakatiga Içki işlar vazirligining katta mulozimi rahbarlik qilayotgan ekan.
Biz qonunni buzganimiz yöq. Bu harakatlarni prezident siyosatiga xiyonat deb, Özbekiston siyosatini şarmanda qiliş deb hisoblaymiz. Içki işlar vaziridan bu xodimlarga tegişli çora körilişini söraymiz.
Orifxöja Tojiboyev, Farğona viloyati Uçköprik tumanidagi “O. M. Azizxöja” fermer xöjaligi rahbari:
— 20 nafar fermer birlaşib, kooperativ tuzganmiz. “Qöqonsoy” paxta zavodi bilan şartnoma tuzib, öz pulimizga yetiştirgan 830 tonna paxtamizni zavod maydoniga töplagan edik. Viloyat hokimi muovini, viloyat prokurori muovini, tuman sektorlari kelib, “paxtani klasterga topşirasan” deb, bosim qilişdi. Paxtamizni olib çiqa boşlaşdi. 103 tonna paxtamizni tola qilişga ulgurgandik. “Tolani ham berasan” deyişyapti.
Mening ustimdan “paxtani noqonuniy tola qilyapti” deb yozib berganmiş. Özimiz yetiştirgan paxtani özimiz öğirlagan bölib qolyapmiz...
“Biz şunçaki erkin tadbirkor bölişni istayapmiz xolos”
Uçköprik tumanidagi “Yusufmalik Ehson” fermer xöjaligi rahbari Jahongir Qöldoşevning aytişiça, 22 sentabr kuni 7 nafar fermerni bosimlar ostida klaster bilan şartnoma tuzdirişgan.
— Kooperativ bilan şartnoma tuzilganiga qaramasdan-a?..
— Ularning aytişiça, kooperativ noqonuniy ekan...
— Kooperativ noqonuniy ekanini biron hujjat bilan isbotlaşdimi?
— Yöq.
— Qaysi idoralar iştirok etdi paxtani olib ketişda?
— Törtala sektor. Viloyat prokuraturasi, qişloq xöjaligi bölimi.
— Bevosita qaysi idoraning işçilari paxtani olib ketişdi?
— “Farğona global tekstil” klasteri işçilari.
— Kooperativ bilan şartnomasi böla turib, nega fermerlar klasterlar bilan şartnoma tuzişga rozi bölişdi?
— Qöştirnoq içida rozi qilişdi-da çunki, “çiroyli qilib”.
— “Çiroyli qilib” – nima degani bu?
— Turli bosimlar bilan. Uyga har kuni uçastkavoy kelaversa, hokimiyatga borasan ekan, yana falon joyga borasan, deyaversa... Hammaning yoşi katta ota-onasi bor... Ota-onalarga “tuşuntiriş işlari” olib boriladi. Ota-onalar keyin fermer farzandlaridan xafa bölişadi...
Ota-onalarimiz keksa, “kel, qöy, davlat bilan öynaşma” deyişadi. Davlat bilan öynaşayotganimiz yöq, axir klaster ham biz kabi tadbirkor-ku. Klaster ham tadbirkor, fermer ham.
Hokimiyat mahalla qömitasiga bosim qiladi, mahalla esa ota-onamizga... Ma’nan bosim bu.
Oilalarimizda davlat xizmatidagi odamlar bor, şular orqali şantaj qilişga urinişadi... Sörasa, “men sizning qölingizdan uşlab muhr bostirdimmi” deydi...
Ota-onamizga “bolang yozuvçi ekan, boşqa ekan” deyişadi. Qöni-qöşni, atrofdagilarga tuşuntirgunça ança vaqt ketadi. Özbekçilik.
Mumkinmas emiş... Hayronmiz, Prezident farmonidan Vazirlar Mahkamasi çiqargan bayonnomasi ustun kelyapti... Davlat tayinlab qöygan prokuror “mumkinmas” deb tursa... qayerga boramiz?
“Hujjat-qoğozlaringni ber, mumkinmas degan gap qayerda bor” desa, “mumkinmas, Vazirlar Mahkamasining bayonnomasi bor” deydi. Axir bu bayonnoma-ku (protokol). Prezident çiqargan qaror va farmonlar kuçi qayerda qoldi?
Bu klasterlar monopoliya qilib olganmi deb öylab qolasan kişi. Yana bu şartnomani tuziş tartibiga qarang: qup-quruq blankaga muhr bostirib olişadi...
Prezident qarorlari va Oliy Majlis qabul qilayotgan qarorlarni kuzatib boramiz. Uquvsiz emasmiz.
Klasterdan bir söm pul olmadik, davlatdan ham, özimiz yetiştirdik paxtani. Şuni prokuror yoki hokimning yuziga aytiş gunoh bölsa, demak biz “gunohkor” ekanmiz. Odamning içi tölib ketdi-ku, axir.
“Yeringni tekşirtiraman, noqonuniy qurilişingni tekşirtiraman, boğdorçiligingini tekşirtiraman, bankda pul aylantirganmisan...” Hammamizning ham kamçiligimiz bor, insonmiz-da. Şu kamçilik joylarimizni topmoqçi bölişyapti, topişyapti ham. Mana, biz bilan 6 oy işlagan yigitlarning yettitasi bir kunda şartnomalarga muhr qöyib berişdi, bosim bölgani uçun.
Çet ellarda köp bölganman. Germaniya, Avstriya, Belgiya – qişloq xöjaligini körib kelganman. Raqobat bölişi kerak-ku, axir. Dexqonçilikda raqobat bölmasa, nima degan gap bu? Prezidentimiz örta va katta biznesga yöllarni oçib yubordilar, raqobat bölsin uçun, raqobatbardoş mahsulotlar çiqaringlar deb. Raqobat şunçalik kuçayib ketdiki, Qöqon şahriga yaqin yerlarda ham terimçi topilmayapti... Nimaga desangiz, törtta işlab çiqariş korxonasi bor mahallada... Oddiy holva sexida sakkizdan beşgaça işlaydigan ayollarga uç million pul tölanyapti, tuşlik bepul. Endi qaysi ayol çiqib paxta teradi bizga? Uzoqdan olib kelyapmiz terimçilarni.
“Böş blankaga muhr bosma, qöl qöyma” deydi qonunçiligimiz... Özbek fermeriga esa azaldan böş blankaga qöl qöydirişib kelişyapti...
Çet ellarda prognoz degan narsa bor, ertani biliş uçun. Bizda bu prognoz degani... Xudodan ham köproq bilişadi bular... Toza blankaga muhr bostirib olişadi, keyin klaster janoblari 45 sentner deb yozib qöyadi... şunçadan beriş kerak böladi... Ötkan yili 42 sentnerdan hosil olib, klasterga yana jarima ham töladim...
Holbuki, klaster ham biz kabi tadbirkor. Biz şunçaki erkin tadbirkor bölişni istayapmiz, xolos.
Haqoratlaşyapti, qörqitişyapti, majburlaşyapti...
Şerzod Xurramov, Surxondaryo viloyatidagi “Zartepa eksport-import” işlab-çiqariş kooperativi rahbari:
— Jarqörğon va Şerobod tumanlarida işlab çikariş kooperativi oçganmiz. Şerobod tumanida ijaraga punkt olganmiz, ijara şartnomasini tuzişga yöl berişmayapti, tepadan bosim bölyapti. Turli xil vajlar bilan paxtani klasterga berişga majburlaşyapti. “Qaror klasterga çiqqan, Vazirlar Mahkamasining protokoli çiqqan, şunga asosan paxtani berasan” deyişyapti. Majbursan deyişyapti.
Bir, ikki kun oldin viloyat hokimi Töra Bobolov, uning qişloq xöjaligi böyiça muovini Usmon Turopov, prokuraturadan kelib bosim qilib, har xil gaplar bilan haqoratlab, paxtani topşirasan deyişdi. Heç narsadan heç narsa yöq, topşirarkanmiz ularga.
— Holbuki, fermerlar kooperativ bilan şartnoma tuzib qöygan, töğrimi?
— Ha, kooperativ bilan şartnoma tuzişgan. Çigiti, uruğdan tortib, to hozirgi kungaça kooperativ öz hisobidan yetiştirgan paxtani klasterga topşirasan deb turişibdi.
— Jarqörğonda vaziyat qanday?
— Jarqörğonda ham klasterning joyiga saqlatyapmiz paxtani. Özimizni joyga saqlolmayapmiz. Çunki har xil yöllar bilan – fermerlarni çaqirtiraverib, asabimizni buzaverib, şunga majbur qilişdi.
Fermerlar – oddiy odamlar, dehqonlar... Yeringni olib qöyamiz, özingga jinoiy iş qözğaymiz deb qörqitişadi... Oxir-oqibat majbur böldik şunga. Paxtamiz klasterning hisobidan statistikaga kiritilyapti.