Jahon | 08:22 / 29.09.2022
12089
3 daqiqa o‘qiladi

OAV: Germaniya razvedkasi Ukrainaga Rossiya qo‘shinlari haqidagi ma’lumotlarni beryapti

Nemis razvedkasi Ukrainaga rus qo‘shinlarining harakati haqidagi ma’lumotni beryapti va Ukrainadagi rus askarlari o‘rtasidagi o‘zaro suhbatlarni yozib olyapti, deya xabar beradi Die Zeit va ARD.

Foto: Reuters

Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) Ukraina Qurolli kuchlarini Rossiya armiyasining pozitsiyalari va harakatlari ko‘rsatilgan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan ta’minlayapti va rus askarlari o‘rtasida jangovar qobiliyat va ruhiy holat tahlilini o‘tkazyapti. 28 sentabr, chorshanba kuni Die Zeit gazetasi ARD telekompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari haqida xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, may oyidan beri BND Ukraina razvedkasiga Germaniya Rossiya bilan hamkorlikda o‘tmishda orbitaga chiqargan, Bundesverga tegishli SAR-Lupe razvedka tizimi yordamida olingan 100 dan ortiq matnli hisobot va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini topshirgan. Ushbu ma’lumotlar, jumladan, Ukrainaning egallab olingan hududidagi rus qo‘shinlarining o‘q-dorilar omborlari joylashgan joyni va «Rossiya samolyotlarining aniq joylashuvi va soni ko‘rsatilgan aerodromni» aniqlashga imkon beradigan tasvirlarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari BND rus askarlarining radioxabarlari va mobil telefon qo‘ng‘iroqlarini qayd etgani, shuningdek, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilgan bo‘linmalarida jangovar samaradorlik va ruhiy holatni tahlil qilganini ta’kidlaydi.

Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, nemis razvedkasi xalqaro huquqni buzmayapti, chunki u ma’lumotlarni bir haftagacha kechikish bilan uzatyapti, sun’iy yo‘ldoshdan suratlar olish esa faqat Ukraina hududida amalga oshirilyapti. Idora Rossiya tomoni uzatilgan ma’lumotlardan xabardor deb taxmin qilmoqda, biroq Germaniya kuzatayotgan bir necha kunlik «oyna» uni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashuvchiga aylantirmaydi.

The New York Times avvalroq yozganidek, sentabr oyida Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumni rejalashtirayotganda, mamlakat Amerika maxsus idoralari bilan razvedka ma’lumotlarini almashgan. Ba’zi amerikalik rasmiylarning ta’kidlashicha, ukrainalik harbiylar muvaffaqiyatli harakatlari Rossiyani zarba berish yo‘llarini izlashga olib keladi - bunga Ukrainaning egallab olingan hududida «referendumlar»ni shoshilinch ravishda tashkil etish, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan safarbarlik reaksiya bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel Rossiyada Putin va uning yadro qurolidan foydalanish tahdidini jiddiy qabul qilishga chaqirdi.

Xarkiv oblastidagi qarshi hujumdan bir necha hafta oldin Ukraina hukumati mamlakat janubida qarshi hujum boshlanganini e’lon qildi. Bu taktika 2014 yilda Qrim annexia qilinganidan beri ukrainaliklarni o‘rgatayotgan AQSh maxsus amaliyot kuchlari tomonidan qo‘llaniladigan standart aldov taktikasidir, deya eslatadi nashr.

Mavzuga oid