Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda chiplar ishlab chiqarishdagi korrupsiya ishi bo‘yicha tekshiruv boshlanganidan so‘ng 12 nafar amaldor g‘oyib bo‘ldi
Xitoy kommunistik partiyasining korrupsiyaga qarshi bo‘limi bir nechta yuqori martabali amaldorlarni hibsga olgan.
Foto: Reuters
Xitoyda yarimo‘tkazgichlar sohasiga davlat investitsiyalarini kiritish fondidagi korrupsiya faktlari bo‘yicha surishtiruv boshlanganidan so‘ng kamida 12 nafar amaldor omma ko‘z o‘ngidan yo‘qoldi, deb yozadi Financial Times gazetasi.
Gazetaning xabar berishicha, Xitoy kommunistik partiyasining korrupsiyaga qarshi bo‘limi bir nechta yuqori martabali amaldorlarni hibsga olgan.
«Oxirgi uch oy ichida kamida 12 kishi, jumladan, fond boshqaruvchilari, kompaniyalar rahbarlari va bir nafar vazir tergovga tortilgan va jamoatchilik ko‘z o‘ngidan g‘oyib bo‘ldi. Ularning barchasi mikrosxemalar sanoatiga aloqador bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sohani rivojlantirish uchun ajratilgan investitsiyalar bo‘yicha korrupsiya holatlari izlanmoqda. Investitsiyalar miqdori 340 mlrd yuan (47 mlrd dollar) deb baholangan.
Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, «sohada hech narsani tushunmaydigan» davlat xizmatchilari korrupsion sxemalarni yo‘lga qo‘ygan.
Mavzuga oid
10:20 / 13.11.2025
“Energoatom”dagi korrupsiya mojarosi - Kiyev uchun sinov
08:33 / 13.11.2025
Ukrainada korrupsiya mojarosi: “Energoatom”da iste’folar
07:42 / 02.10.2025
Mashinistning chorak asr oralig‘ida olingan surati Xitoy temiryo‘llaridagi o‘zgarishni ko‘rsatdi
19:38 / 30.09.2025