Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Rossiyaning Ukraina 4 ta hududini anneksiya qilishini qoralash kerak
Bir davlat hududini boshqa davlatga kuch yoki tahdid orqali qo‘shib olish BMT nizomi va xalqaro huquqni buzadi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.
Foto: Getty Images
Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibining aytishicha, agar Rossiya Ukraina hududlari bilan shunday qilsa, bu qaror «yuridik kuchga ega bo‘lmaydi» va «qoralashga loyiqdir».
Moskvaning qarori tinchlik o‘rnatish bo‘yicha istiqbollarni yanada buzadi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Antoniu Guterrish.
Bundan oldin BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish «DXR», «LXR», Xerson va Zaporijjya oblastlarida o‘tkazilgan «referendum»lar natijalariga ko‘ra ularning Rossiyaga qo‘shilishini qabul qilib bo‘lmasligini aytdi.
27 sentabr kuni Ukrainaning bosib olingan to‘rt hududida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha besh kunlik «referendum»lar yakunlandi.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 30 sentabr kuni Kremlda Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qo‘shish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
11:23
WP: Rossiyaning Eronga yordami - urushga bilvosita aralashuv
22:06 / 06.03.2026
Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bermoqda – OAV
13:21 / 06.03.2026
RFning “Matryoshka” botofermasi Germaniyadagi saylovlar oldidan kampaniya boshladi
12:43 / 06.03.2026