Reuters va AP’ga köra, Karakasda tungi soatlarda portlaşlar, pastdan uçgan samolyotlar şovqini va ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzilişi haqida guvohlar xabar bergan; qora tutun harbiy bazaga tegişli hududdan kötarilgani ham aytilgan. 

Oq uy va Pentagon hozirça hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan. 

Venesuela hukumati tarqatgan bayonotda “çet el harbiy aralaşuvi” rad etilgani, hujumlar Karakasdan taşqari Miranda, Aragua va La-Guayra ştatlarida ham bölgani aytilgan. 

AP esa hukumat bu voqealarni “imperialistik hujum” deb atagani va fuqarolarni safarbarlikka çaqirganini yozadi. Maduro milliy mudofaa rejalarini işga tuşirgani va “taşqi tahdid” rejimiga öxşaş holat e’lon qilingani ham qayd etilgan. 

Britaniyaning The Guardian naşri Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro “Karakas bombardimon qilinmoqda” degan bayonot berganini yozgan, biroq bu da’vo mustaqil tasdiqlangani haqida aniq dalil keltirmagan. 

https://www.reuters.com/world/americas/venezuela-says-it-rejecs-military-aggression-by-us-2026-01-03