Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda To‘qayevga suiqasd qilishni rejalashtirishda ayblangan shaxs 17 yilga qamaldi
Aprelda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi "Qozog‘iston rahbari va qator yuqori lavozimdagi amaldorlarga suiqasd qilishni rejalashtirgan xorij razvedkasi agenti" qo‘lga olinganini xabar qilgandi.
Foto: zakon.kz
Ostona sudi davlatga xiyonat va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga nisbatan suiqasd tayyorlashda ayblangan shaxsni 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi 3 aprelda "Qozog‘iston rahbari va qator yuqori lavozimdagi amaldorlarga suiqasd qilishni rejalashtirgan xorij razvedkasi agenti" qo‘lga olinganini xabar qilgandi.
Xabarda aytilishicha, u bir vaqtning o‘zida maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga nisbatan terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Tintuv vaqtida undan xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltig‘i, giyohvandlik moddalari va yirik miqdorda pul topilgan.
Mavzuga oid
20:07 / 04.05.2026
Yevropa razvedkasi: Putin suiqasddan va Rossiya elitasi ishtirokidagi to‘ntarishdan xavfsiramoqda
18:26 / 01.05.2026
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
22:09 / 22.04.2026