«Gumanitar inqiroz». Safarbarlikdan qoçayotganlar Rossiya çegaralarida qanday muammolarga töqnaşmoqda?
|19:52 / 03.10.202223 57113 min
Rossiyaning boşqa davlatlar bilan çegaralaridagi köp kilometrlik tirbandlik deyarli harakatsiz qolmoqda. Vladimir Putin «qisman» safarbarlik e’lon qilgaç mamlakatni yuz minglab kişi tark etdi. Hali ham Rossiya çegaralaridagi tirbandliklarda turganlar bu yerdagi «gumanitar inqiroz» haqida gapirib berdi.
Hozirda Rossiya-Gruziya çegarasidan ötiş uçun beş kungaça navbat kutiş mumkin. Odamlar butun kunni maşinalarda ötkazadi va şu yerda uxlaydi. Tirbandlikda qolganlarning oziq-ovqat va suv zaxirasi asta-sekin tugab boradi.
Kutiş odamlarni umidsizlikka tuşirmoqda: ular maşinalarini yaqin kişilari keyinçalik olib ketişi yoki sotişi mumkin degan umidda taşlab ketyapti va ba’zan bir neça ön kilometrlik yölni piyoda bosib ötib, çegara nazorat-ötkaziş punktiga yetib bormoqda.
Tirbandliklarda yangi «bizneslar» paydo bölmoqda, masalan, nazorat-ötkaziş punktigaça yetkaziş xizmati. Guvohlarning aytişiça, buning uçun 45 ming rubldan 150 ming rublgaça pul tölanadi. Şuningdek, ularning qöşimça qilişiça, ba’zida bu xizmatni politsiya va çegaraçilar taklif qiladi. Umidsizlik sabab köpçilik bu xizmatdan foydalaniş uçun pul tölayapti.
Oxirgi haftada qança rossiyalik Gruziyaga ötgani hozirça aniq emas. Qozoğiston içki işlar vazirligi esa 21-27 sentabr kunlari mamlakatga Rossiyaning 98 mingga yaqin fuqarosi kirganini ma’lum qildi.
Bir neça kunlab maşinada ötiriş
«Verxniy Lars» sönggi bir hafta içida Rossiyani tark etmoqçi bölganlar uçun umidbaxş joy nomiga aylandi. Agar safarbarlikning dastlabki kunlarida çegaradagi nazorat-ötkaziş punktiga bir neça soatdayoq yetib keliş mumkin bölgan bölsa, hozirda navbatda turganlar buni bir neça kunlab kutişi kerak.
«Bu şunçaki gumanitar inqiroz. Odamlar ba’zida umuman harakatsiz, kunlab maşinalarda ötiradi, suvsiz qoladi», deydi rossiyalik qoçoq Aleksandr çegaradagi vaziyatni şarhlar ekan. U va döstlari bir kunda Bryanskdan Vladikavkazga kelgan va keyin esa bir neça kilometrlik tirbandlikka tuşib qolgan. Ular Gruziya nazorat-ötkaziş punktiga yetib kelişni tört kun kutgan.
«Ba’zi joylarda oldinga yuriş uçun yöl harakati qoidalarini juda keskin buzişga töğri keldi. Bu uyat, şarafsizlik, lekin nima ham qila olardik — bizda heç qanday tanlov yöq edi va oyoqlarimizni zörğa uşlab turardik», deydi Aleksandr.
Uning aytişiça, tirbandlikda turiş va çegarani tört kun içida kesib ötiş allaqaçon amalga oşmaydigan işga aylangan.
Rossiyalik yana bir qoçqin Olga uning oilasining maşinasi tört kundan beri tirbandlikda turganini aytdi. Çegaradan piyodalar ham ötişi uçun yöl oçilganda ular 17 soat harakatsiz turgan.
Mavzuga oid
«Ammo buning afzalliklari ham böldi: hamma maşinadan tuşa boşladi, bolalar bir-biri bilan döstlaşdi, beş yoşli qizimiz keçgaça öynadi, kattalar esa olov yoqdi va suv isitdi», deydi Olga.
Bu vaqtda uning eri yegulik oliş uçun eng yaqin qişloqqa borib kelişga muvaffaq böldi. Uning tirbandlikdagi «qöşnilari» buloq topdi va öşa yerdan suv olişdi.
Xuddi şunday uzoq va maşaqqatli navbat Qozoğiston bilan çegarada ham kuzatilmoqda. «U yer juda sovuq, daşt, yomğirli. Birinçi kuni isiniş uçun maşinani yoqib qöydik, ammo keyin benzin tugab qolişidan qörqdik», deya hikoya qiladi tolyattilik Anastasiya.
Foto: VALERY SHARIFULIN/TASS
Navbatdagilar orasida Qozoğiston bilan çegara 27 sentabr kuni yopilişi haqidagi miş-mişlar paydo bölganda, Anastasiya eridan çegaragaça piyoda borişni söragan, özi esa maşinada qolgan.
«Çegaraga yetib borişimiz uçun hali 20 kilometrça yöl bor edi. Asosiysi, u çegarani kesib ötişga ulgurişi, men esa keyinroq nimadir qilib ötib olarman, deb öyladim», deydi u.
Anastasiyaning eri çegaraning özida dahşatli vaziyatga guvoh bölgan. «Odamlar insoniy qiyofasini yöqotdi. Asabiylaşib, navbatsiz ötişga harakat qildi. Hatto çegaraçilar avtomat bilan çiqib, odamlardan bir çiziqda navbatda turişni söradi», deya erining sözlarini keltiradi Anastasiya.
Tirbandlikdagi hammada ham maşinasini kimgadir berib, özi piyoda ketiş imkoni mavjud emas. Bunday vaziyatda, internet çatlarda «sotuvçilar» öz xizmatlarini taklif qilmoqda. Ismini oşkor qilişni istamagan şunday sotuvçilardan biri «Verxniy Lars» çatida e’lon berganidan keyin unga yigirmaga yaqin qönğiroq kelganini aytdi. «Köpçilik qönğiroqlar arzon avtomobil egalaridan keladi, ba’zilar öylab köriş uçun şunçaki narxni söraydi», deydi u.
Sotuvçining sözlariga köra, köpçilik u taklif qilayotgan narxlardan norozi – çegaradagi maşinalar qöşimça xarajatlar tufayli bozor narxidan past. Ammo agar biror kişi maşinasini sotişni istamasa, u boşqa yeçimni taklif qiladi: maşinani uning qarindoşlariga pul evaziga yetkazib beriş yoki şunçaki saqlab qöyiş.
Navbatdagi odamlar bir-biriga yordam berişga harakat qiladi. Ötgan hafta «Telegramme» çatida tirbandlikda adaşib qolgan sariq muşukni qidirişdi. Galinaning aytişiça, u va uning oilasi muşukni Voronejdan Gruziyaga ketayotganda yöl-yölakay olib ketgan. Muşukning egalari safarbarlik boşlanişidan oldin Gruziyaga jönab ketgan va keyin qaytib kelmaslikka qaror qilgan hamda Rossiyadagilardan muşukni olib kelişni söragan.
Çegaradagi tirbandlikni körgan Galina qizi va iti bilan birga bir haftaga kvartira ijaraga olgan, eri esa muşuk bilan çegarani piyoda kesib ötiş uçun jönab ketgan. Yölda sumkasidan suv olmoqçi bölib, uni yerga qöygan – şu payt muşuk sumkani oçib, qoçib ketgan.
Galina muşukning egalariga u yöqolgani haqida xabar bergan va «Verxniy Lars» çatiga kimdir uni topsa, qönğiroq qilişini sörab xabar yozgan.
«Odamlar şu qadar faol javob yozişni boşladiki, hatto çatda meni bloklaşdi. Telefon har beş daqiqada, ba’zan undan ham tezroq jiringlab turdi. Şu bilan birga «Muşugingiz menda, 100 ming rubl yuboring» deganlar ham böldi. Bunga javoban men ulardan muşukning rasmlari va videosini yuborişni söradim, ammo javob bölmadi. Qönğiroq qilib, «hoy qiz, sen rasmda juda çiroylisan, senga yangi muşuk olib beraman, yiğlama» degan yigitlar ham böldi. Döstlarim kulib, yöqolgan muşuk haqida film olsang böladi deyişdi», deydi Galina.
Anastasiyaning aytişiça, tirbandlikda köngillilar navbatdagilarga oziq-ovqat va suv tarqatadi. Köpçilik özida borligini aytib, oziq-ovqatga köproq muhtoj odamlarga berişni söraydi. Biroq yegulikni sotmoqçi bölayotganlar ham bor bölib, Anastasiya ulardan bir osetin pirogini 800 rublga sotib olgan.
Rossiyaliklar uçun gumanitar yordam yiğib, ularni çegarada kutib olayotgan köngilli Kira Sotnikov çegarani kesib ötayotganlar juda çarçab kelişi haqida gapirgan.
Foto: STRINGER/TASS
«Taassurot zombilar haqidagi filmlardagi kabi. Ular velosipedlarni uloqtirib yuboradi, suyanib qoladi, men hatto hassa uşlagan katta yoşli ayolni ham kördim. Ular çarçab, nima qilayotganini tuşunmaydi. Ularda deyarli umid yöq, yuzlarida dözaxdan qoçib qutulganidan mamnuniyat aks etmaydi... Ammo qahr bor, çunki endi uy-joy va iş qidiriş kerak, taksi haydovçilari narxlarni osmonga kötargan bir paytda qandaydir yöl bilan şaharga yetib oliş kerak», deya hikoya qiladi Sotnikov.
Köngillilar rossiyaliklarni Qozoğiston bilan çegarada kutib olmoqda va qoçqinlarning bir qismini özlari eng yaqin şaharga olib borişga harakat qilyapti.
«Odamlar «Bizning nonimizga köz olaytirma», «mamlakatimizdan yöqol, özingning Rossiyangga bor va öşa yerda xohlaganingni qil» deyişadi. Ammo biz Qozoğiston fuqarosimiz, men butun umr şu yerda yaşaganman», deydi örtoqlari bilan qoçqinlarga yordam berişga çiqqan 21 yoşli Nastya.
Uning sözlariga köra, köngillilar oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlari uçun bir qança davlatlardan, şu jumladan Rossiyadan ham pul ötkazmalari oladi. Odamlar safarbarlikdan qoçişga majbur bölgan qoçqinlarning yangi tölqinini şu tariqa qöllab-quvvatlaşga urinmoqda.
Köpçilik ulgurmay qolgan Finlandiya
Boltiqböyi mamlakatlari va Polşa öz çegaralarini yopganidan söng, ruslarning Şengen zonasiga quruqlik orqali kirişiga deyarli imkon qolmadi. Finlandiya, ayniqsa, Sankt-Peterburg va Leningrad oblasti aholisi qoçişi uçun asosiy yöllardan biri edi.
Ammo 30 sentabr kuni yarim tunda Finlandiya Rossiyadan keluvçilar uçun çegaralarni yopdi va bu qaror haqida bir kun oldin ogohlantirdi. Ular turistik şengen vizasiga ega bölgan rossiyaliklarga, agar ularda sayohat qiliş uçun jiddiy sabablar – masalan, yaqin qarindoşlari bilan uçraşiş, öqiş yoki işlaş niyati bölsa istisno qilişga va’da berdi.
Igor bu qaror haqida Finlandiya çegarasiga avtobusda ketayotganida xabar topdi. «Mening taşqariga çiqib, boradigan joyim yöq edi. Omadimni sinab körişga qaror qildim», deydi u.
Avtobus çegaraga 30 sentabr kuni ertalabki soat ikki-uçlar atrofida, taqiq rasman kuçga kirgan paytda kirib kelgan.
«Rossiya çegarasini juda tez kesib ötdik, çegaraçilar heç qanday ogohlantiriş bermadi, şunçaki hujjatlarimizga qaradi va ötkazib yubordi. Finlandiya çegarasidagi hujjatlar tekşiruvi esa bir neça soat davom etdi. Men fin çegaraçilariga ularning mamlakatida saraton bilan kasallangan opam borligini, uni rus şifokorlarga körsatmoqçi ekanimni aytdim. Sal börttirib yubordim, ammo bu bir uriniş edi. Çegaraçi boş çayqadi va kulib «Yöq siz ötmaysiz» deb ortga qaytarib yubordi», deya hikoya qiladi Igor.
Foto: PETER KOVALEV/TASS
Bu bilan bir vaqtda Stanislav qarama-qarşi yönaliş: Finlandiyadan Rossiyaga ötayotgandi. Çegaraçilar hali avtobusda kelganlarning hujjatini tekşirar ekan, avtomobillar navbatiga çegaradan ötkazilmagan va ortga qaytgan yana beş avtomobil kelib qöşilgan.
«Rossiya çegarasida Finlandiya tomon ketayotgan yuzga yaqin maşinadan iborat navbat bor edi. Odamlar ötişga umid qilib, kutib ötirardi. Finlandiya çegaraçilari ortga qaytarib yuborgan odamlar rossiyalik çegaraçilardan norozi edi.
Ular bu yerga çegara yopilmasidan bir neça soat oldin kelgan, biroq Rossiya tomoni ularni uzoq vaqt uşlab turgan. Agar bu keçiktiriş bölmaganida ular Finlandiyaga ötib ketgan bölardi», deydi Stanislav.
Edvard va uning qizi «Torfyanovka» nazorat-ötkaziş punktiga (Rossiya-Finlandiya çegarasida) taxminan soat 20:00 da yetib kelgan va tört soat navbatda turgan. «Navbat uzun edi, lekin biznikilar juda tez işlamadi: garçi biz ularni körmagan bölsak ham, içkarida maşinalar köp edi, ammo iştiyoq yöq edi», deydi u.
Ular tungi soat birlarda Rossiya çegarasidan ötişga muvaffaq böladi va endi uç soat Finlandiya çegarasida navbatda turadi. Finlandiya ularning asosiy maqsadi emasdi, ota-bola Finlandiya orqali Ispaniyaga bormoqçi, u yerda ularning kvartirasi bor edi. Sayohat ança oldinroq rejalaştirilgan bölib, buni çiptalarning sotib oliniş sanasi ham tasdiqlagan.
«Bizning qölimizda barça hujjatlar bor edi: çipta, kvartira hujjatlari. Biz ötiş rad qilingan dastlabki qarordan norozi ekanimizni aytdik va hatto Ispaniyadagi kvartiramiz ta’mirlaşga muhtoj ekanini ham körsatdik. Ertalabki soat önlarda bizga töliq rad javobini berişdi», deya boşidan ötkazganlari aytib beradi Edvard.
Finlandiya çegaraçilari ortga qaytarilgan rossiyaliklarni avtobus bekatigaça kuzatib qöygan va ular qoçib ötmasligi uçun yölning Finlandiyaga boruvçi qismini tösib qöygan.
Murmansk orqali Norvegiyaga
Rossiyaliklar quruqlik orqali öta oladigan şengen zonasidagi çegaralari oçiq yagona mamlakat Norvegiya bölib qolmoqda. «Borisoglebsk» nazorat punkti Murmansk oblastining Peçenga tumanida joylaşgan. Uşbu ötiş joyi orqali avtobuslar va avtomobillar Murmansk oblastidan Norvegiyaning şimoli-şarqiy qismidagi Kirkenesga, eng yaqin çegara şahriga boradi.
Finlandiya rossiyaliklar uçun çegaralarini yopganidan söng, Norvegiya adliya vaziri Emili Enger Mel Norvegiyada ham ruslar uçun xuddi şunday çeklovni joriy etişga ruxsat berdi.
«Agar lozim bölsa, çegarani tezda yopamiz, qisqa vaqt içida özgarişlar yuz berişi mumkin. Finlandiya bilan soliştirganda, Norvegiyaga (Rossiyadan) ança kam odam kelgan, bu yerda vaziyat boşqaça», deydi Norvegiya vaziri.
Norvegiya şuningdek, çegarani datçikli vertolyotlar yordamida kuzatib bormoqda, çunki mamlakat rasmiylari tez orada çegarani noqonuniy kesib ötiş xavfi oşadi deya hisoblayapti.