Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Ukrainaning annexia qilingan tumanlari chegaralarini aniq ayta olmadi
Kreml Ukraina oblastlarini qaysi chegaralar doirasida annexia qilishni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob bera olmadi.
Rossiya tomonidan egallab olingan to‘rtta hudud bilan e’lon qilingan «shartnomalar»da aytilishicha, Xerson va Zaporijjya oblastlarining hududlari «ularning tashkil topgan» kuni va Rossiya Federatsiyasiga «qabul qilingan kuni» mavjud bo‘lgan chegaralar bilan belgilanadi.
«Aniqlashning bir qismi bo‘yicha allaqachon tushuncha paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, men yuridik bo‘lmagan tilda aytaman: «LXR», «DXR» - 2014 yilgi chegaralar doirasida, Xerson va Zaporijjya - ushbu hududlar aholisi bilan chegaralar bo‘yicha maslahatlashishni davom ettiramiz», dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.
Kreml Ukraina tomonidan nazorat qilinayotgan Xerson va Zaporijjya tumanlarini Rossiya hududi deb hisoblaydimi, degan savolga Peskov «qo‘shimcha qilinadigan hech narsa yo‘q», deb javob berdi.
Bundan oldin Rossiya Konstitutsiyaviy sudi 30 sentabr kuni Kremlda imzolangan Ukrainaning bosib olingan oblastlarini «Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish» to‘g‘risidagi shartnomalarni ma’qullagandi.
Shunday qilib, Konstitutsiyaviy sud Ukrainaning Zaporijjya va Xerson oblastlari, shuningdek, «DXR» va «LXR»ni Rossiya qonunlariga muvofiq «Rossiyaga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalar»ni ko‘rib chiqdi.
Sud tomonidan ma’qullanishi - Ukraina hududlarini Rossiya tomonidan annexia qilish bo‘yicha rasmiy tartibdagi qadamlardan biri. Endi Rossiya prezidenti Vladimir Putin shartnomalarni ratifikatsiya qilish uchun Davlat dumasiga yuborishi va shu bilan birga «yangi hududlarni qabul qilish» to‘g‘risidagi federal konstitutsiyaviy qonunni kiritishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026