Jahon | 07:19 / 03.10.2022
17051
3 daqiqa o‘qiladi

«Shimoliy oqim»larda gaz sizib chiqishi to‘xtadi

Daniya rasmiylariga ko‘ra, shikastlangan «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2»dan gaz sizib chiqishi to‘xtagan.

Foto: Insider

Daniya energetika agentligi 2 oktyabr, yakshanba kuni shikastlangan «Shimoliy oqim» gaz quvuridan gaz sizib chiqishi to‘xtagani to‘g‘risida xabar berdi.

«Nord Stream AG Daniya energetika agentligiga hozirda ikkita Nord Stream 1 quvurida barqaror bosimga erishilgani haqida ma’lum qildi. Bu so‘nggi ikki tarmoqdan gazni chiqarish ham tugallanganidan dalolat beradi», - dedi Daniya agentligi.

Shunday qilib, gaz quvurining barcha to‘rtta nuqtasidan Boltiq dengiziga chiqishni to‘xtatdi. Bir kun avval Daniya rasmiylari «Shimoliy oqim-2» quvurida barqaror bosimga erishilgani va undan gaz sizib chiqishi to‘xtagani haqida xabar bergan edi.

«Shimoliy oqim»ning ikkita tarmog‘i va «Shimoliy oqim-2»ning bir tarmog‘ida sizib chiqish 26 sentabr kuni ma’lum bo‘ldi. Uch kundan keyin Shvetsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati yana bir gaz sizib chiqishini aniqladi. Shvetsiya va Daniyadagi seysmologik stansiyalar sizib chiqqan hududda suv ostidagi portlashlarni qayd etgan. Birinchisi 26 sentabrga o‘tar kechasi, ikkinchisi o‘sha kuni kechqurun kuzatilgan.

Hodisa sabablari Germaniya, Daniya va Shvetsiyada o‘rganilmoqda. «Shvetsiya va Daniya ma’lumotlariga asoslanib, biz bu ataylab qilingan harakat, degan xulosaga keldik. Demak, katta ehtimol bilan, gap ataylab qilingan hujum haqida ketmoqda», — dedi Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson. «Rasmiylarning aniq fikri shundaki, bu tasodif emas», dedi Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen.

«Mavjud bo‘lgan barcha dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu qasddan qilingan harakatlar natijasidir. Biz tergovni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, u hodisalarning holatlari va sabablarini har tomonlama aniqlab beradi», - dedi Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.

«Bizning tasavvurimiz endi bu maqsadli hujum bo‘lmagan, degan ssenariyga yo‘l qo‘ymaydi», - deya Tagesspiegel Berlinning rasmiy pozitsiyasidan xabardor shaxsning so‘zlarini keltiradi. Der Der Spiegel nashrining yozishicha, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi germaniyalik hamkasblarini yozda gaz quvurlariga ehtimoliy hujumlar haqida ogohlantirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid