Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada koronavirusning yangi to‘lqini boshlangani xabar qilindi
O‘tgan haftada sutkalik COVID-19 holatlari 29 foizga o‘sib, 2823tani tashkil etgan. Mutaxassislarning taxminicha, kasallanish holatlari oktyabr o‘rtalarida eng yuqori cho‘qqiga chiqadi.
Belgiyaning Sciensano jamoat sog‘liqni saqlash instituti mamlakatda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini boshlanganini tasdiqladi.
Virusolog Stefen van Guxtning so‘zlariga ko‘ra, kasallanish to‘lqini o‘tgan haftada boshlangan.
O‘tgan haftada sutkalik COVID-19 holatlari 29 foizga o‘sib, 2823tani tashkil etgan.
Mutaxassislarning taxminicha, kasallanish holatlari oktyabr o‘rtalarida eng yuqori cho‘qqiga chiqadi.
Fransiyada esa ekspertlar koronavirus yuqtirish holatlari soni o‘sgani sababli niqob taqish rejimini muhokama qila boshlagan. Bu haqda sanitar xatarlarni kuzatish qo‘mitasi raisi, immunolog Brijit Otran ma’lum qildi.
"Barcha ko‘rsatkichlar o‘smoqda: musbat testlar, shifoxonaga yotqizishlar soni. Ya’ni sakkizinchi to‘lqin. Niqob taqish kerak", - dedi u.
Mavzuga oid
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
14:45 / 02.03.2026
Belgiya Rossiyaning “yashirin floti” tankerini qo‘lga oldi
09:04 / 25.02.2026
O‘zbekiston 2026 yilda 12 mln xorijiy mehmonni qabul qilishni rejalashtirmoqda
16:07 / 20.02.2026