O‘zbekiston | 09:43 / 05.10.2022
7471
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat chegarasini kesib o‘tishda transport va tovarlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Hukumat “Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan qaror ayrim atamalariga aniqlik kiritilib, yangi atamalar bilan to‘ldirilmoqda. Misol uchun “chegara ko‘rigi” – bu DXX Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan transport vositalari va tovarlarda nazoratdan yashiringan shaxslar yoki davlat chegarasi orqali olib o‘tish taqiqlangan tovarlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar majmui. 

Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan avtotransport vositalari va tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish bojxona organlari va chegara xizmati vakillaridan iborat qo‘shma naryadlar tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2022 yilda kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid