Hukumatning 2026 yil 26 iyundagi 337-son qarori bilan “Özbekiston Respublikasida prekursorlarning muomalasi bilan boğliq faoliyatni tartibga soliş va uzluksiz nazoratni ta’minlaş töğrisida”gi yagona nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, prekursorlarni oliş, jönatiş, hisobga oliş, beriş, taşiş, saqlaş, sotiş, taqsimlaş, yöq qiliş, şuningdek, ularni Özbekistonga olib kiriş va olib çiqiş tartibi belgilandi.
Endilikda prekursorlarni sotib oliş jarayonida xaridorning huquqiy asoslari, jumladan litsenziyalari, röyxatdan ötkaziş hujjatlari hamda moddalardan maqsadli foydalanişni tasdiqlovçi hujjatlar majburiy tarzda tekşiriladi.
Şuningdek, prekursorlar içki işlar organlari bilan kelişilgan holda harbiylaştirilgan qöriqlaş bölinmalari yoki boşqa qöriqlaş xizmatlari tomonidan taşiladi.
Yangi tartibga muvofiq, prekursorlarni Özbekiston hududiga olib kiriş va mamlakatdan olib çiqiş Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan beriladigan sertifikat asosida amalga oşiriladi. Mazkur sertifikatdan faqat bir marta foydalaniş mumkin bölib, uning amal qiliş muddati bir yil etib belgilangan.
Bundan taşqari, prekursorlardan foydalanuvçilar kimyoviy moddalarni işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçilardan majburiy tartibda “Xavfsizlik pasporti”ni talab qilişi lozim.
Nizomga köra, prekursorlar yaroqlilik muddati tugaganda, ulardan foydalaniş imkoniyatini istisno etuvçi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uçraganda, şuningdek, ularning prekursor ekanini aniqlaşning imkoni bölmagan hollarda belgilangan tartibda yöq qilinadi.










