Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:12 / 05.10.2022
4532
2 daqiqa o‘qiladi
Soliq to‘lovchilarga soliqlarni bo‘lib to‘lash yoki muddatini kechiktirish imkoni beriladi
Qonunchilikka ko‘ra soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
Foto: Kun.uz
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, bunday imkoniyatdan quyidagi asoslardan bittasi mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin:
- soliq to‘lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilgani;
- soliq to‘lovchini budjetdan moliyalashtirish kechiktirilgani yoki davlat ehtiyoji uchun bajarilgan ishlar haqini to‘lash kechiktirilgani;
- soliqni biryo‘la to‘lash natijasida uning bankrotligi alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelgani;
- faoliyatini 3 yildan ko‘p davrdan buyon amalga oshirayotgani hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelgani, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagani;
- tadbirkorlar soliq to‘lashni kechiktirish to‘g‘risidagi xabarnomani yer, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan 3 oyda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;
- jismoniy shaxs mulkiy holati soliqni biryo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;
- tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekani;
- O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekani.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
10:47 / 24.12.2025
Toshkent metrosida yangi tajriba: to‘lov - kaftdagi “tomir izi” bilan
11:22 / 11.12.2025