Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bayroq va madhiyani o‘zgartirish taklif etildi
Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) yig‘ilishida deputat Arslanbek Maliyev mamlakat davlat ramzlariga tuzatishlar kiritishni taklif qildi.
Jumladan, deputat bayroq rangi va madhiyadagi so‘zlarni o‘zgartirishni istamoqda. Uning fikriga ko‘ra, bayroq rangi SSSR davrida tanlangan.
«Qirg‘izlarning bayrog‘i ko‘k rangda bo‘lgani tarixdan ma’lum. Shu tufayli bayroq rangini o‘zgartirishimiz kerak. Bu haqda qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Madhiyadagi ba’zi so‘zlar ham o‘zgartirilishi lozim. Tarixiy ramzlarimizga qaytish vaqti keldi», dedi u.
Avvalroq Arslanbek Maliyev mamlakat nomini o‘zgartirishni taklif qilgan edi. U taklif qilgan variantlar orasida «Qirg‘iz eli», «Qirg‘iz xoqonligi», «Qirg‘iz yeri» bor edi.
Qirg‘iziston Respublikasining davlat bayrog‘i 1992 yil 3 mart kuni qabul qilingan. U qizil to‘rtburchak shaklida bo‘lib, o‘rtasida oltin rangda tovlanuvchi quyosh nurlari va qirg‘izlarning an’anaviy uyi — o‘tovning yuqori qismi tasvirlangan.
Qirg‘izistonda bayroq rangi va madhiyasidagi so‘zlarni o‘zgartirish masalasi birinchi marta muhokama qilinmayapti.
2011 yilda parlament fraksiyalari deputatlari, shuningdek, jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya madhiya matnidagi 5-6 ta so‘z noaniq eshitilishini qayd qilib, ularni yanada jo‘shqin va mazmunli so‘zlar bilan almashtirish zarur degan xulosaga kelgan edi. Shuningdek, bir guruh deputatlar davlat bayrog‘idagi qizil rang tajovuz va urushni anglatishini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026