09:17 / 07.10.2022
7345

Yevropa ittifoqining Rossiya fuqarolariga qarshi sanksiyalari yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

Yevropa ittifoqi shaxsiy sanksiyalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. 

Foto: Getty Images

Cheklovlar ostida, jumladan artistlar Oleg Gazmanov, Nikolay Rastorguyev va Yuliya Chicherina, faylasuf Aleksandr Dugin qoldi. 

Luhansk, Donetsk, Zaporijjya va Xerson oblastlarining bosib olingan hududlarida Rossiya tomonidan tayinlangan amaldorlarga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi.

Rossiya Mudofaa vazirligining bir qator xodimlari sanksiyalar ostida qoldi: mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Dmitriy Bulgakov, Yunus-Bek Yevkurov, Ruslan Tsalikov, Yuriy Sadovenko, Timur Ivanov va 41-umumqo‘shin armiya qo‘mondoni Sergey Rijikov.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi va uning rahbari Ella Pamfilovaga qarshi sanksiyalar joriy etildi. 

Banknotlar, tangalar va pasportlar ishlab chiqaradigan Moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi «Gosznak» va bir qator korxonalar YeI cheklovlari ostida qoldi: Irkut korporatsiyasi, Avangard Moskva mashinasozlik zavodi, Degtyarev zavodi, Fakel MKB va Ganichev nomidagi Splav NPO. 

Bundan oldin Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini tasdiqladi.

Yangi sanksiyalar 2022 yil dekabridan Rossiya neftini va Rossiyadan kelib chiqqan neft mahsulotlarini (2023 yil fevralidan) uchinchi davlatlarga tashish, shuningdek, tegishli moliyaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlashni saqlab qoladi. 

Bundan tashqari, Rossiya neftiga narx chegarasi joriy etilmoqda: agar RFdan neft va neft mahsulotlari belgilangan narxdan arzonroq sotib olinsa, yevropalik operatorlarga uni tashishga ruxsat beriladi. Bu narx alohida belgilanadi.

Sakkizinchi paket, shuningdek, Rossiyadan umumiy qiymati 7 milliard yevro bo‘lgan tovarlarni, shu jumladan, tayyor po‘lat buyumlar, mashinalar, transport vositalari, ayrim kimyoviy moddalar, kiyim-kechak va zargarlik sanoati uchun materiallar importini taqiqlashni ham o‘z ichiga oladi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top