Yangi sanksiyalar Rossiya neftiga narxlarning yuqori çegarasini belgilab beradi, RFga tovar va xizmatlar eksportiga çeklovlarni kengaytiradi.
Yevropa ittifoqi Ukrainaga bostirib kirişiga javoban Rossiyaga qarşi sakkizinçi sanksiyalar paketini tasdiqladi. Bu haqda 6 oktyabr, payşanba kuni Yevrokomissiya saytida ma’lum qilindi.
Yangi sanksiyalar 2022 yil dekabridan Rossiya neftini va Rossiyadan kelib çiqqan neft mahsulotlarini (2023 yil fevralidan) uçinçi davlatlarga taşiş, şuningdek, tegişli moliyaviy va boşqa xizmatlar körsatişni taqiqlaşni saqlab qoladi. Bundan taşqari, Rossiya neftiga narx çegarasi joriy etilmoqda: agar RFdan neft va neft mahsulotlari belgilangan narxdan arzonroq sotib olinsa, yevropalik operatorlarga uni taşişga ruxsat beriladi. Bu narx alohida belgilanadi.
«Bu Rossiyaning daromadlarini yanada qisqartirişga yordam beradi, şu bilan birga, yetkazib berişni davom ettiriş orqali jahon energetika bozorlarini barqaror uşlab turadi. Şunday qilib, yuqori narxlar, ayniqsa yonilği narxining oşişi barça yevropaliklarni jiddiy taşvişga solayotgan bir paytda, inflatsiyani boşqariş va energiya narxlarini barqaror uşlab turişda qöl keladi», - deya ta’kidladi Yevropa komissiyasi.
Sakkizinçi paket, şuningdek, Rossiyadan umumiy qiymati 7 milliard yevro bölgan tovarlarni, şu jumladan, tayyor pölat buyumlar, maşinalar, transport vositalari, ayrim kimyoviy moddalar, kiyim-keçak va zargarlik sanoati uçun materiallar importini taqiqlaşni ham öz içiga oladi.
Rossiyaga qurol-yaroğ, texnik mahsulotlar, ayrim kimyoviy moddalar va öqotar qurollar işlab çiqarişda qöllaniladigan ba’zi elektron komponentlarni eksport qiliş taqiqlanadi. Bu çeklovlar Rossiyaning harbiy, sanoat va texnologik tovarlardan foydalanişini qisqartirişga qaratilgan, deb xabar berdi Yevrokomissiya.
Sanksiyalar Yevropa ittifoqi fuqarolariga Rossiyadagi davlat korxonalarida yuqori lavozimlarni egallaşni taqiqlaydi. Rossiya dengiz registri bilan barça operatsiyalar, şuningdek, Rossiyaga moliyaviy xizmatlar, axborot texnologiyalari böyiça konsalting va boşqa biznes xizmatlarini körsatiş taqiqlanadi.
Töplam Rossiya hukumati yoki Rossiyada röyxatdan ötgan yuridik şaxslarga körsatiş mumkin bölmagan xizmatlar doirasini kengaytiradi: endi ular IT-konsalting, yuridik maslahat, arxitektura va muhandislik xizmatlarini öz içiga oladi. «Ular muhim ahamiyatga ega, çunki ular uşbu xizmatlar importiga katta boğliq bölgan Rossiyaning sanoat salohiyatini zaiflaştiriş potensialiga ega», deyiladi YeK press-relizida.













