O‘zbekiston | 15:39 / 08.10.2022
12369
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xorijlik sayyohlar uchun charter poyezdi yo‘lga qo‘yilmoqda

Xorijlik sayyohlar uchun O‘zbekiston bo‘ylab turistik charter poyezdi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Dunyo

Joriy yil 7-18 oktabr kunlari Germaniyaning Lernidee Erlebnisreisen sayyohlik kompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida Orient Silk Road Express nomli sayyohlik charter poyezdi harakatlanishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Poyezd Olmaota – Toshkent – Qamashi – Kitob – Samarqand – Xiva – Buxoro – Xo‘jand – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.

Mazkur charter poyezdi Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, AQSh, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Kanada davlatlaridan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid