Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Kuril orollarini Yaponiyaning bir qismi sifatida tan oldi
Ukraina Kuril orollarini Yaponiyaning bir qismi sifatida tan oldi, deb ma’lum qildi Volodimir Zelenskiy an’anaviy kechki videomurojaatida.
U tegishli farmonni imzolaganini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, Ukraina Oliy radasi ham o‘z bayonoti bilan chiqish qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina Yaponiyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shu jumladan, hali ham Rossiya okkupatsiyasi ostida bo‘lgan shimoliy hududlarini hurmat qilishini yana bir bor tasdiqlaydi».
«Biz dunyodagi barchani xuddi shunday qarorlar qabul qilishga chaqiramiz», - deya ta’kidlab o‘tdi Zelenskiy.
Bundan oldin Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan har qanday muzokaradan rasman bosh tortgandi.
Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 30 sentabrdagi qarorini kuchga kiritish haqidagi farmonni imzoladi.
Bu hujjat Rossiyaning Ukraina hududlarini annexia qilishi munosabati bilan qabul qilingan.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
08:43 / 11.06.2026