Zarafshon daryosida zaharlangan baliqlar voqeasi: “Navoiyazot” AJ mansabdorlariga jinoiy ish ochildi
“Navoiyazot” korxonasidan daryoga ifloslangan suv oqizilishi oqibatida 4 204 dona baliq nobud bo‘lgan. Bu kabi ekologik inqiroz 2021 yilda ham sodir bo‘lgandi.

Foto: Kun.uz
2022 yilning 4-5 sentabr kunlari Zarafshon daryosida baliqlarning nobud bo‘lishi bilan bog‘liq holat sodir bo‘lgandi. Navoiy viloyati prokuraturasining Kun.uz’ga xabar berishicha, holatga “Navoiyazot” AJga qarashli 1-tashlanmasi (267-sonli quduq) orqali daryoga me’yoridan ortiq darajada ifloslangan suv oqizilgani sabab bo‘lgan. Buning oqibatida 2 mlrd 613,5 mln so‘mlik jami 4 204 dona baliq qirilib ketgan.
Holat yuzasidan joriy yilning 8 oktyabr kuni Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan “Navoiyazot” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 196-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, Navoiy viloyati prokuraturasi tergov jarayonini nazoratga olgan.
Bu kabi ekologik inqiroz 2021 yilning oktyabr oyida ham sodir bo‘lgan va jinoiy ish ochilgandi. O‘shanda tabiatga yetkazilgan zarar miqdorining o‘zi 4 mlrd 800 mln so‘mdan ko‘proq ekani aniqlangan. Ammo Kun.uz mavzuga qaytib, ish yakuni bilan qiziqqanida u hamon tergovda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Kun.uz surishtiruvidan ko‘p o‘tmay esa vahshiylik yana takrorlandi – daryoda minglab baliqlar nobud bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

16:13 / 11.03.2025
«Navoiyazot»dagi portlashda bir kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi

15:46 / 11.03.2025
«Navoiyazot»da portlash ro‘y berdi

17:41 / 22.02.2025
Samarqand shahri va bir necha tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi

14:48 / 18.12.2024