Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari 15 yil o‘tib, o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasining FIFA kunlari doirasida noyabr oyida o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.
O‘FA xabariga ko‘ra, Toshkentdagi yig‘in doirasida Srechko Katanets shogirdlari Qozog‘iston milliy jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Uchrashuv 16 noyabr kuni soat 18:00 da «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
«Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan milliy jamoamiz uchun so‘nggi paytlarda O‘FA tomonidan kuchli sparing-sheriklar tanlab kelinmoqda. Qo‘shnilarimiz Yevropa Millatlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib, «V» liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Mintaqamizdagi eng kuchli jamoalar bahsi, o‘ziga xos derbi futbol muxlislari tomonidan uzoq kutilgan va katta qiziqish uyg‘otadigan voqeaga aylanishi shubhasiz», - deyiladi O‘FA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Qozog‘iston milliy jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan voz kechgan edi. O‘shanda qozog‘istonliklar ustozi, chexiyalik mutaxassis Mixal Bilek UYeFA a’zosining Osiyo jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishida ma’no yo‘qligini aytgan va bahsning bekor qilinishiga erishgani aytilgandi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari so‘nggi marta 2007 yilda, Chimkent shahrida o‘tkazilgan «Alma-TV Kubogi» doirasida to‘qnash kelishgan va hakamlik mojarosi bilan o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida Qozog‘iston bilan 6 marta o‘ynagan va 2 marta g‘alaba qozonib, 1 marta yutqazgan. 3ta bahs durang natija bilan yakunlangan.
Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:30 / 28.06.2026