AEXA: Eron uranni boyitish ishlarini kuchaytirmoqda
Netenzdagi yerosti inshootida IR-6 sentrifugalarining kaskadlari ishga tushirildi, deb ma’lum qildi AEXA.

Foto: DW
Yadroviy kelishuvni tiklash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar fonida Eron uranni boyitishni kuchaytirmoqda, deb xabar berdi Reuters 11 oktyabr, seshanba kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) hisobotiga tayanib.
Qayd etilishicha, Netenzdagi yerosti inshootida yaqinda o‘rnatilgan uchta IR-6 sentrifuga kaskadi ishga tushirildi, rejalashtirilgan 12 ta sentrifugadan tashqari yana uchta kaskad ishga tushiriladi.
Kaskadlar - bir-biriga bog‘langan sentrifugalar - yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun mos bo‘lgan uran izotoplari konsentratsiyasini oshirishga imkon beradi.
2015 yilgi xalqaro yadroviy kelishuv Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tuzilgan. Tehron hukumati bu kabi rejalarni rad etib, yadroviy qurolga ega bo‘lish o‘z siyosatiga zid ekanini bildirgan.
AQSh prezident Donald Tramp davrida - 2018 yilda yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketgan va Eronga qarshi sanksiyalarni qayta joriy qilgan. Shundan keyin Tehron ushbu hujjatning barcha shartlarini bajarishdan bosh tortdi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

13:25
MRB Eron yadro obektlariga jiddiy zarar yetganini e’lon qildi

11:38
WSJ: Isroilning Eron bilan urushi Rossiya-Xitoy gaz quvuri g‘oyasini jonlantirdi

09:34
Isroil Eron Markaziy banki va qator tuzilmalarini «terrorchilik tashkiloti» deb e’lon qildi

07:41