Jahon | 15:13 / 11.10.2022
8320
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya 10 oktyabr kungi raketa zarbalari uchun kamida 400 million dollar sarfladi

RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi Forbes nashri 10 oktyabr kuni mamlakat bo‘ylab amalga oshirilgan raketa zarbalari Rossiya budjetiga qanchaga tushganini hisoblab chiqdi. Nashr talqiniga ko‘ra, bir kunda 400-700 million dollarlik raketalar sarflangan.

Nashr rasmiy shaxslar bayonotlariga tayanib xabar berishicha, Ukrainaga jami 84 ta qanotli raketalar uchirilgan, shuningdek, hujumlarda 24 dona dron harakatlangan.

Qayd etilishicha, uchirilgan raketalarning har birining tipi aniq emasligi tufayli bu qiymat keng diapazonda baholanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina hududi bo‘ylab X-101, X-555, «Kalibr», «Iskander», «Tornado-S» va S-300 raketalari uchirilgan.

Xarajatlarni hisoblash uchun Forbes quyidagi hisob-kitobdan foydalangan: X-101 raketalari narxi — 13 million dollar, «Kalibr» 6,5 million dollar, «Iskander» — 3 million dollar, «Oniks» — 1,25 million dollar, X-22 — 1 million dollar, «Tochka-U» esa — 300 ming dollar. 10 oktyabr kuni uchirilgan barcha dronlarning jami narxi — bir necha million dollarlik.

  • Avvalroq Forbes rossiyalik harbiylar urushning dastlabki ikki oyida Ukraina bo‘ylab 1300 dan ortiq raketa uchirgani, ularning qiymati 7,5 milliard dollarni tashkil etishini ma’lum qilgandi.
  • Rossiya qo‘shinlari 10 oktyabr kuni Ukraina shaharlari bo‘ylab yoppasiga o‘t ochishdi, jumladan so‘nggi oylarda ilk bor poytaxt Kiyevga raketa zarbalari berildi. Bu hujumlar Ukraina bo‘ylab elektr va ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarga olib keldi. Rossiya hukumati bu zarbalar 8 oktyabr kuni Qrimda ro‘y bergan portlashga javob ekanini bildirgan.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid