Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatladi
Litva Mudofaa vazirligi Ukraina bilan birgalikda NATO Rossiya agressiyasiga samarali qarshi tura olishiga ishonadi.
Litva Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Litva mudofaa vaziri o‘rinbosari Margiris Abukevichyus 12 oktyabr, chorshanba kuni Bryusselda ochilgan ittifoqqa a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishidan oldin Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Abukevichyusning fikricha, Ukraina ishtirokida NATO Rossiya agressiyasiga qarshi tura oladi. «So‘nggi yetti oy ichida Ukraina o‘zini Rossiyadan samarali himoya qila olishini va Moskvaning ekspansionizmi va revizionizmini jilovlay olishini ko‘rsatdi, - dedi siyosatchi. - Litva Ukrainaning ittifoqqa a’zo bo‘lishini har doim olqishlab kelgan. Ukraina yevroatlantika hamjamiyatiga tegishli», dedi u.
Bryusseldagi yig‘ilishda NATO vakillari Ukrainani Rossiya bosqiniga qarshi kurashda keyingi qo‘llab-quvvatlash, jumladan, Ukraina armiyasi uchun qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda.
30 sentabr kuni Donetsk, Luhansk, Xerson oblastlari hamda Zaporijjya hududlari annexia qilinganidan keyin Ukraina tezlashtirilgan asosda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. «De-fakto, biz allaqachon NATOga yo‘lni bosib o‘tdik. De-fakto, biz allaqachon Shimoliy Atlantika alyansi standartlariga muvofiqlikni isbotlab berdik. Ular Ukraina uchun real holatga aylandi - jang maydonida va o‘zaro munosabatlarimizning barcha jabhalarida. Biz bir-birimizga ishonyapmiz, yordam beryapmiz, himoya qilyapmiz. Bu - Shimoliy Atlantika alyansi», — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ariza haqida e’lon qilar ekan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
09:37 / 25.05.2026