O‘zbekiston | 07:27 / 12.10.2022
15165
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ijara shartnomalari o‘rtacha 1 mln so‘mga tuzilmoqda - DSQ

Jismoniy shaxslar 2022 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini E-ijara xizmati orqali soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Foto: Kun.uz

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 1 oktyabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan.

Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi. Hududlarda ijara haqining o‘rtacha miqdori 630 ming so‘mdan 977 ming so‘mgacha.

Respublikada ijaraga berilgan turar-joy obektlari: 2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha – 3 240 ta; 5 mln so‘mdan ortiq – 255 ta.

Soliq solish maqsadida 2022 yilda ko‘chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv metr yashash maydoni: Toshkent shahrida – 15 500 so‘m; Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 so‘m; boshqa aholi punktlarida - 4 000 so‘m etib belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12 foiz stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi. Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lamaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid