Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 12 oktabr kuni Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev u yerda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etadi.
Ushbu sammitlar doirasida hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026